Toshkent moliya instituti moliya fakulteti
Download 339.5 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar
№___ ___ ___2021 y. ______________
“MOLIYA” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOT H I S O B O T I Bajardi: 3-bosqich MM-66(I) guruh talabasi Alijonov Avazjon Rahbar: Nurmuhammedova.B T oshkent-2021 Reja: Kirish Amaliyot obyekti faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish. Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini o’rganish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Ilovalar
Amaliyotim davomida “Moliya” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishga harakat qildim. Amaliyot davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim: - nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim; - sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim; - amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim; - amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qildim; - amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida "GLOBAL EDUCATION IN TASHKENT" nodavlat ta`lim muassasasining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim. Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman. Amaliyotning ilk kunlaridan boshlab muassasaning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar personali bilan tanishdim hamda muassasa faoliyatiga oid ilk bilim va ko’nikmalarni hosil qildim. Muassasa xodimlari menga ichki intizom, xodimlarning ish faoliyati va jamoat ishlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Amaliyotni o’tash davrida u yerda o’rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat’iy rioya qildim. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalariga rioya qildim. Biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda kasbiy ko’nikmalarni hosil qildim. Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq mazkur hisobotni tayyorladim.
Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling