Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


-mavzu: Amaliyot obektining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar


Download 59.63 Kb.
bet2/8
Sana09.01.2022
Hajmi59.63 Kb.
#266000
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayev Salimxo‘ja

1-mavzu: Amaliyot obektining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar

Iqtisodiy munosabatlar jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlarning turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko‘ra butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo etdi.Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:

- davlat moliyasi va mahalliy moliyasi;

- xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.

O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlami shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin:

- Davlat byudjeti;

- Davlat maqsadli jamg‘armalari;

- Davlat krediti.

Shuningdek, o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:

- tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;

- moliyaviy vositachilar moliyasi;

- notijorat tashkilotlari moliyasi.

Moliya tizimining guruhlarga bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi. Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning:

-iqtisodiy kategoriya sifatida;

- moddiy tushuncha sifatida;

- huquqiy kategoriya sifatida mavjud ekanligi va amal qilishi nazarda tutilgan.

-Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning faol qismi bo‘lgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo‘lib, ular natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan pul fondi davlat byudjeti tashkil topadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidir. Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‘zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik xujjatdir. Qonunlarda belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasida moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning an’analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga muvofiq, byudjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin) tuziladi, ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Byudjet daromadlari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari bir qismidan iborat bo‘lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o‘zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat maqsadli jamg‘armalari iqtisodiy kategoriya sifatida, jamlanma byudjet tushunchasiga chambarchas bog‘liq holda ifoda etiladi. Sababi, byudjetdan tashqari fondlarda jamlanadigan mablag‘lar, o‘z o‘rnida jamlanma byudjet mablag‘larining tarkibiy qismi hisoblanadi. Demak, jamlanma byudjet - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlari uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqib quyidagicha fikr bildirishimiz mumkin. Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari - bu yuqori va mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yig‘indisidir. Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari har bir davlat moliya tizimining alohida ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularda moliyaviy mablag‘larning shakllanishi, taqsimlanishi va mavjud resurslardan maqsadli

foydalanilishi bevosita moliyaviy me'yoriy-huquqiy asos bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi. Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari o‘z faoliyat ko‘lamidan kelib chiqib, bir qator vazifalarni amalga oshiradi. Umuman olganda, vazifalarning ko‘lami ko‘p. ammo eng asosiylari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin.

Xususan iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta'minlash. Bunda ayrim tarmoqlarga xos bo‘lgan va faqat shu sohani qamrab oluvchi fondlar nazarda tutiladi. Misol uchun, ekologiya fondlari, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasining Xususiy bank va moliya institutlari to’g’risidagi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 8-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda ma’qullangan.

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari (bundan buyon matnda xususiy bank va moliya institutlari deb yuritiladi) hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashdan, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kengaytirishdan hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iboratdir.

2-modda. Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Xususiy bank va moliya institutlari

Xususiy bank va moliya institutlari ustav fondida (ustav kapitalida) muassislar (ishtirokchilar) bo‘lgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim bo‘lgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, shuningdek faqat moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi o‘zga yuridik shaxslardir.

4-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatining mulkiy asosi

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyati ularning o‘z mol-mulki va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

5-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tashkil qilish

Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq bank, sug‘urta, lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish vazifalari zimmasiga yuklatilgan davlat organlari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.

6-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga soliq solish

Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi hamda ular uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar nazarda tutilishi mumkin.

2-bob. Xususiy bank va moliya institutlarining huquq hamda majburiyatlari

7-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari

Xususiy bank va moliya institutlari:

mustaqil ravishda o‘z faoliyatini amalga oshirishga hamda bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga;

belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Xususiy bank va moliya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

8-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining majburiyatlari

Xususiy bank va moliya institutlari:

o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;

mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilashi, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi;

mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;

9-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining birlashmalari. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘z huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.

3-bob. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatining kafolatlari

10-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining kafolatlari

Davlat xususiy bank va moliya institutlariga teng huquqlarni kafolatlaydi hamda moddiy-texnika, moliyaviy, mehnat, axborot resurslaridan va boshqa resurslardan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratadi.

11-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining mulk huquqi kafolatlari

Xususiy bank va moliya institutlari, shuningdek ular muassislarining (ishtirokchilarining) mulk huquqi daxlsiz va davlat himoyasidadir.

modda. Xususiy bank va moliya institutlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari.Xususiy bank va moliya institutlarining mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

14-modda. Ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar uchun haq to‘lash miqdorini mustaqil belgilash kafolatlari

Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatganlik uchun haq to‘lash miqdori xususiy bank va moliya institutlari tomonidan mustaqil belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

15-modda. Daromadni (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Xususiy bank va moliya institutlari barcha xarajatlarning, shu jumladan ta’sis hujjatlarida belgilangan xarajatlarning o‘rni qoplanganidan, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.

16-modda. Axborotdan foydalanish kafolatlari

Davlat organlari va boshqa organlar, ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlariga mazkur xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Axborotdan foydalanish qonun hujjatlarini, hujjatlarni, qarorlarni va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali davlat organlari va boshqa organlarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.

4-bob. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlarini himoya qilish

17-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining ishchanlik obro‘sini himoya qilish

Xususiy bank va moliya institutlari o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga, agar bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.

18-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining oshkor etilmagan axborotini muhofaza qilish

Xususiy bank va moliya institutlarining tijorat siri bo‘lgan, uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmagan axboroti (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lgan, undan qonuniy asosda erkin foydalanish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan taqdirda, muhofaza qilinadi.

19-modda. Xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash

Xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘la hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning o‘rnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.

20-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni cheklash

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda ko‘pi bilan besh yilda bir marta amalga oshirilishi mumkin.

21-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni amalga oshiradigan mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talablar

Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirayotganda xususiy bank va moliya institutlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini ta’minlashi shart.

22-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Xususiy bank va moliya institutlari davlat organlari hamda boshqa organlarning xususiy bank va moliya institutlari faoliyati bilan bog‘liq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan o‘z xohishiga ko‘ra bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

23-modda. Nizolarni hal etish

Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.

24-modda. Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

25-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.




Download 59.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling