Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


-mavzu: Hududning ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlanishida amaliyot obektining tutgan o’rni


Download 59.63 Kb.
bet6/8
Sana09.01.2022
Hajmi59.63 Kb.
#266000
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayev Salimxo‘ja

3-mavzu: Hududning ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlanishida amaliyot obektining tutgan o’rni

429-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)




Toshkent shahri

1 zona


2 zona

3 zona


4 zona

5 zona


208,2

166,5


124,9

83,3


41,6




Qoraqalpog‘iston Respublikasi

26,2




Andijon viloyati

33,0




Buxoro viloyati

26,7




Jizzax viloyati

26,7




Qashqadaryo viloyati

26,7




Navoiy viloyati

26,7




Namangan viloyati

33,0




Samarqand viloyati

33,0




Surxondaryo viloyati

23,5




Sirdaryo viloyati

20,8




Toshkent viloyati

27,6




Farg‘ona viloyati

26,7




Xorazm viloyati

26,7

”;

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.

Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak”;

ikkinchi — o‘n birinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi — o‘n uchinchi qismlar deb hisoblansin;

to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;

beshinchi qism birinchi xatboshidagi “0,1 koeffitsiyent” degan so‘zlar “0,25 koeffitsiyent” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismdagi “uchinchi” degan so‘z “beshinchi” degan so‘z bilan almashtirilsin”;

o‘n birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (o‘stirish) uchun mo‘ljallangan sun’iy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi”;

quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyentini qo‘llagan holda to‘lanadi”;

24) 431-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;

25) 434-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari”;

26) 435-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati”;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismdagi “yakka tartibdagi garajlar” degan so‘zlar “yakka tartibdagi va jamoa garajlari” degan so‘z bilan almashtirilsin”;

27) 437-moddaning:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustasno):

Respublika hududlari

1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)

Toshkent shahri

1 zona


2 zona

3 zona


4 zona

5 zona


1193,6

1013,2


832,6

652,3


471,8

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

245,0

Andijon viloyati

297,6

Buxoro viloyati

245,0

Jizzax viloyati

245,0

Qashqadaryo viloyati

245,0

Navoiy viloyati

245,0

Namangan viloyati

297,6

Samarqand viloyati

297,6

Surxondaryo viloyati

221,6

Sirdaryo viloyati

191,8

Toshkent viloyati

252,2

Farg‘ona viloyati

245,0

Xorazm viloyati

245,0

Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi”;

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

“Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;

uchinchi — yettinchi qismlar tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo‘llaniladi”;

28) 439-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa — qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi”;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;

29) 442-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:

“8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari”;

30) 444-moddaning:

to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaligida, suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga, dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha esa — hisobot davri uchun kelgusi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga — soliq bazasini aniqlash uchun ular tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmini taqdim etadi.

Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq bazasi soliq organlari tomonidan suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi”;

quyidagi mazmundagi o‘n birinchi, o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

“Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.

Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi.

Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq to‘lovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi”;

o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlari tegishincha o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil bo‘lgan bir necha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari bo‘yicha soliq to‘lashlari shart”;

31) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyekti

1 kub. m uchun soliq stavkasi (so‘mda)




er usti suv resurslari manbalari

yer osti suv resurslari manbalari




1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 — 6-bandlarda ko‘rsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar

182

221




2.

Sanoat korxonalari

472

564




3.

Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

70

90




4.

Qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari

40

40




5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmi

1990

1990




6.

Alkogolsiz ichimliklar hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi

25 185

25185

”;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasi 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qo‘llaniladi”;

ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;

32) 452-modda ikkinchi qismining:

81, 82 va 83 qatorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:



Qurilish qumi

5, biroq 7 500 so‘m/kub. mdan kam bo‘lmagan







Qum-shag‘al aralashmasi

5, biroq 7 500 so‘m/kub. mdan kam bo‘lmagan







Qumtoshlar

5, biroq 7 500 so‘m/kub. mdan kam bo‘lmagan

”;

85 va 86 qatorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:



Qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari)

5, biroq 7 500 so‘m/kub. mdan kam bo‘lmagan







Qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanets jinslari)

5, biroq 7 500 so‘m/kub. mdan kam bo‘lmagan

”;

33) 461-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 9 va 10-bandlar bilan to‘ldirilsin:

“9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shaxobchalariga;

10) bozorlarga va savdo komplekslariga”;

34) 467-moddaning:

6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



6.

Sug‘urta agentlari, shuningdek sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori va tovar-xomashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar, shuningdek rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi ko‘rsatuvchi shaxslar.

13

”;

9.2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



9.2.

joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlari realizatsiyasidan tovar aylanmasi bo‘yicha:

4

”.


Download 59.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling