Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi bitiruvoldi malakaviy amaliyotni


V. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA KORXONA


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana08.05.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1445471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
5-курс 5-йиллик

 
V. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA KORXONA 
(MUASSASA,TASHKILOT) VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN 
RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI 
Korxona (muassasa,tashkilot) tomonidan tayinlangan rahbarning 
majburiyatlari 
 
Talabalar amaliyot o‘tashi uchun korxona (muassasa,tashkilot) rahbarining 
tegishli buyrug‘i bilan qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. 
Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot davri mobaynida talabaning amaliyot o‘tashini 
nazorat qilib borishi talab qilinadi. 
Korxona (muassasa,tashkilot)ning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik 
asosida amaliyot rahbari talabaning amaliyoti davomida bir b‘limdan ikkinchi 
bo‘limga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan bo‘limda 
amaliyotga korxona (muassasa,tashkilot) tomonidan tayinlangan mas’ul xodim 
rahbarlik qiladi. 
Korxona (muassasa,tashkilot) tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil 
qilishda, talabaga amaliy ma’lumotlar, ish hujjatlarini yoki nusxalarini to‘plashga 
yordam beradi. 
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida 
to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini amaliyot daftarida yozib borishini 
nazorat qiladi, imzosi bilan tasdiqlab boradi. Amaliyot tugagandan so‘ng, talabaning 
amaliyot davridagi faoliyati bo‘yicha xulosasini amaliyot daftariga yozib beradi. 



Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining majburiyatlari 
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 

talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‘tkazish va amaliyot o‘tash 
tartibini tushuntirish; 

amaliyotni o‘tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish 
davomatini nazorat qilib borish; 

amaliyot dasturining to‘liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‘z muddatlarida 
o‘tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar 
ko‘rish; 

amaliyot daftarini to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini 
nazorat qilib borish; 

amaliyot daftarining alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o‘tashi va 
olgan ko‘nikmalari haqida yozma ravishda o‘z xulosasini berish; 

amaliyot so‘nggida talabaning amaliyot davomida orttirgan ko‘nikmasini 
baholash. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling