7
IV. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TASH JARAYONIDA
TALABANING MAJBURIYATLARI
Bitiruv oldi amaliyotni o‘tash davrida talaba korxona (muassasa,tashkilot)da
o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak.
Mehnat muhofazasi,
xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy
rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha
vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar
hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba
institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini yuritib, unda har bir mavzu bo‘yicha
tahlil va xulosalarini yozib borishi lozim. Amaliyot daftarida har bir bajarilgan tahlil
va yozilgan xulosalar amaliyot obyektidan biriktirigan
rahbar hamda korxona
(muassasa,tashkilot) rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Talaba korxona (muassasa,tashkilot)da amalga oshirgan kunlik amaliyot
ishlarini amaliyot daftarida umumlashtiradi. Amaliyot daftarining
oxirgi sahifasida
talabaning amaliyot o‘tashi yuzasidan amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda
korxona (muassasa,tashkilot) rahbari xulosa beradi hamda imzosi va muhri bilan
tasdiqlaydi.
Amaliyot muddati tugagach, amaliyot daftari kafedradan ro‘yxatdan
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: