Toshkent moliya instituti «moliya» kafedrasi smm-51 guruh talabasi A. A abduraimovning


Download 29.06 Kb.
bet2/3
Sana10.02.2023
Hajmi29.06 Kb.
#1186401
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy inv

Investitsiya faoliyati: investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmuasi tushuniladi.
Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o’z manfoatini ko’zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga intiladi.
Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor, emitent, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.
Investitsiyaning ob’ekti bo’lib, mablag’lar ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan ob’ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari bo’lishi mumkin.
Investitsiya sub’ekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin.
Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir.
Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to’lovga qobiyatli jismoniy shaxslar.
Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir.
Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lardir.
Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari davlatning investitsion faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta’sir ko’rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o’z-o’zidan rivojlana olmaydi, unga albatta, muayyan ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektlarning aralashuvi talab qiladi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat qo’li bilangina ta’minlash mumkin bo’ladi. Biroq bunday vaziyatda davlat investitsion faoliyatining rivojlanishini bo’g’ib qo’ymasligi kerakki, aks holda uning amal qilishi sub’ektivlik ta’sir kuchiga bo’ysundirilib qoladi.
Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi; davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish.
Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish.
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo’llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar qo’yidagilardan iborat.

  1. Soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq sub’ektlarini, ob’ektlari va stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish.

  2. Amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo’llash hamda amortizatsiya imtiyozlarini berish.

  3. Ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotatsiyalar, subsidiyalar, subventsiyalar orqali yordam ko’rsatish.

  4. Kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o’tkazish.

  5. Yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash.

  6. Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish davlat dasturlariga kiritish.

  7. Investitsiya loyihalarining monitoringini o’tkazish va mexanizmini ishlab chiqish.

  8. Zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to’xtatib turish, cheklash yoki tugatish.

2. Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’siri va ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish omillari va unda investitsiyalarning tutgan o’rni
Milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining rivojlanishi ko’p jihatdan jalb etilayotgan investitsiyalarning hajmiga va bu o’z navbatida mintaqalarning investitsion jozibadorlik darajasiga bog’liq. So’nggi yillarda iqtisodiyotimiz YaIM ning o’sish darajasi o’rtacha 6,0 % ni tashkil etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan real sektor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining ortishi bilan amalga oshmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Tuzilmaviy islohotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo’yicha o’tkazilib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar bo’yicha islohotlar aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda moliyaviy resurslarni samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoqlar bo’yicha islohotlar esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo’lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo’lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda: -eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash; -mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash; -to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish; -ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash; -mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni kuchaytirish; -samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko’rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg’unlashtirish; -iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish; -aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish; -hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish. Tuzilmaviy islohotlarni olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo’lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub’ektlar rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo’lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona tariflari bo’yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o’nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda. Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo’jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko’maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo’nalishlarga mablag’larni yo’naltirish53. Bundan ko’rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, zamon talablariga mos bo’lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi to’lqinlari zarbasiga ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq masalalarni hal etishda kompleks yondashuvlarga urg’u berilmoqda. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek, “... jahon zahira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotning tiklanish va o’sish sur’atlariga ta’sir ko’rsatmoqda”54 . Investitsiya siyosati nafaqat kapital mablag’lar miqyosini oshirishni, balki ularning takror ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni, investitsiyalarni ko’proq samarali va raqobatdosh ishlab chiqarishlarga yo’naltirishni ko’zda tutadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta’minlashga imkon beradi. Bu borada respublika hukumati tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini rag’batlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hudud va investitsiya hajmi nuqtai nazaridan imtiyozlar belgilangan. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida keskin farqlanishni oldini olish borasida ko’rilayotgan choralarga qaramasdan, hozirgi vaqtda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishida hududiy nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida eksport-import operatsiyalari hajmlarida katta farqlanishni yuzaga keltirmoqda. Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri eksport darajasi yuqori va barqaror bo’lgan hududlarga kiradi. Mazkur 3 ta hududda xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan yirik mashinasozlik, metallurgiya va to’qimachilik tarmoqlari korxonalari joylashganligi sababli ularda respublikaning barcha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar eksportining 80 foizi shakllantiriladi. Ushbu korxonalar, asosan, real sektorning engil sanoat, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, poligrafiya sanoati, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlar tarkibida tashkil etildi. So’nggi yillarda xorijiy investitsiyalarning xizmat ko’rsatish sohasiga ham kirib borayotganlik holati kuzatiladi. Biroq real sektor tarmoqlariga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalarning juda oz qismi ilmtalab texnologiyalar yaratish sohasiga tegishliki, bu jalb etilayotgan investitsiyalarning jalb etilish yo’nalishlarini jiddiy qayta ko’rib chiqishni talab etadi.

Download 29.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling