Toshkent moliya instituti moliya-kredit kafedrasi
Download 431.91 Kb.
|
kurs ish1111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtinchalik
- Noaniq
MaslahatKompaniya o'z mahsulotlarini yoki xizmatlarini eksport qilish alternativasidan boshlaganida, ular bu borada tajribaga ega emaslar, shuning uchun ular ushbu sohada ixtisoslashgan uchinchi shaxslarni yollashga qaror qilishadi. Uning asosiy xususiyatlari tovarlarning ushbu sohadagi mutaxassislar qo'lida xavfsiz sayohat qilishi, eksport qiluvchi kompaniyalarning xavfsizlik tizimi tomonidan paketlarni kuzatib borishi, paketlar sug'urtalanishi mumkin, shuning uchun tovar qutisi yo'qolsa, mas'ul kompaniya bo'lishi mumkin. pudratchini tashvishlardan xalos etadigan vaziyat haqida g'amxo'rlik qiladi. VaqtinchalikQabul qiluvchi mamlakatning odatlari o'sha hududda qolish uchun ruxsat bermaydigan tovarlarni jo'natish vaqtida, u vaqtincha qolish deb hisoblanadi, chunki oxir-oqibat mahsulot ishlab chiqarilgan joyga qaytishi kerak. Bu har qanday narsadan ko'proq eksport qilinadigan xizmatlarning ekspluatatsiyasi bilan tavsiflanadi, ular tugallangandan so'ng, uning eksport qilinadigan joyida doimiyligi, shuningdek, materiallar yoki texnikani ta'mirlash uchun jo'natish juda muhimdir. birinchisiga teskari. NoaniqBojxona tomonidan tekshirilgandan va umuman qonuniy yo'l bilan qabul qilinayotganda, tovar shu erda iste'mol qilinishni maqsad qilgan holda, shu hududda qoladi. Ular oziq-ovqat, elektron qurilmalar, avtomobillar, kiyim-kechak va poyabzal kabi iste'mol qilinadigan mollar va boshqalar. Eksport qilinayotgan mahsulotlar quyidagicha 10 bosqichlardan o’tadi: Mahsulot reklamasi va marketing tadqiqotlari Аgar, xaridor mahsulotingiz toʼgʼrisida maʼlumotga ega boʼlmasa, uning oʼzi kelib,mahsulot soʼrashini kutib oʼtirish befoyda. Shunday ekan, mahsulotni tashqi bozor-da muvaffaqiyatli sotish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: Mahsulot boʼyicha: • Mahsulotning jozibador xususiyatlari va muhimligini aniqlang.Oʼzingizga quyidagi savolni bering: «Nega xaridor shaxsan meningmahsulotimni tanlashi kerak? Mening mahsulotim oʼzining qaysi jihatibilan raqobatchilar orasida ustunlikka ega?» • Mahsulotning afzal tomonlarini yaqqol koʼrsatib beruvchi qadoq (va/yoki tovar belgisi), markirovka, brend ishlab chiqing. Xaridorningehtiyojlari bilan bevosita bogʼliq xususiyatlarga eʼtibor berish kerak. Mahsulotni shtrix kodlash • Bugungi kunda doʼkon va bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning aksariya-ti: oddiy bolalar oʼyinchoqlaridan tortib, buyurtmaga tayyorlanadiganqimmatbaho samolyot detallarigacha maxsus shtrix-kodlar bilan belgi-lanadi. Shtrix-kodlar ham ichki, ham xalqaro bozorlarga chiqarilayotgan mahsulotlar uchun, mazkurmahsulot haqida birlamchi maʼlumotlar taqdim eta-digan axborot manbai sa-naladi. Mahsulotga shtrix-kod biriktirish, demak-ki,ammo yaʼni deyish yaxshiroq boʼlardi uni indentifika-sion raqam bilan belgilash deganidir. Chet ellik xaridorlar bilan muzokaralar Xaridor mahsulotingizga eʼtibor berib, qiziqa boshlashi bilan Siz muzokaralar yordamida uning imkoniyatlari, talablari bilan yaqindan tanishi- shingiz kerak. Muzokaralarni quyidagi usullarda olib bori-shingiz mumkin: • Elektron pochta orqali (yozishmalar); • Faks yoki boshqa aʼloqa vositalari orqali; • Telefon orqali ish muzokaralari • Internet aloqa vositalari orqali (Skype, Telegram, Imo va hokazolar); • Shaxsiy uchrashuvlar orqali. .Eksport shartnomasi Xaridor mahsulotingizni sotib olishga rozilik bildirgach, eksport shartnomasi-ni tuzish lozim. Ushbu jarayonga jiddiy yondashishni tavsiya etamiz. Chunki, eksport amaliyotining har bir kelgusi bosqichi eksport shartnomasining sifatli tuzilishi-ga bogʼliqdir. Shartnomada sotuvchi sifatida mahsulotni chet ellik xaridor tasarrufiga top-shirish boʼyicha barcha majburiyatlaringizni hamda chet ellik xaridorning ushbumahsulotni qabul qilib olish va uning uchun muayyan haq toʼlash boʼyicha barcha majbu-riyatlarini yozib chiqing.Shartnoma tuzayotganda quyidagilarga alohida eʼtibor bering: 1. Ikki maʼnoli iboralar, noaniq ifodalar va tushunarsiz atamalarboʼlmasligiga; 2. Shartnomadagi har bir bandning amalga oshirish mexanizmi aniq belgilanishishart; 3. Kelishmovchiliklarni hal etish tartibi haqidagi bandning batafsil yoriti-lishi. Bu yerda tomonlar yuzaga keladigan kelishmovchilik va ziddiyatlarni koʼrib chiquvchi muayyan xoʼjalik sudini koʼrsatishlari lozim boʼladi. Lekin, Sotuvchi uchun oʼzining hududida, oʼz mamlakati qonunchiligi asosida kelishmovchiliklarni hal etish eng maqbul yoʼl sanaladi; 4. Chet ellik sherikning noqonuniy harakatlaridan himoyalanish maqsadida, eks-port shartnomasi imzolanishidan oldin uni albatta yuridik ekspertizadan oʼtkazish va yuridik xulosa olish lozim. Yuridik xulosaning naʼmunasi bilan [87 bet]da tani-shib chiqishingiz mumkin. Eksport shartnomasini ro’yxatga qo’yish va to’lov Tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi shaxslar shartnomaning electron nusxasini Tashqi iqtisodiy faoliyatiga tegishli shartnoma maʼlumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritadilar; Shartnomani yagona elektron tizimda roʼyxatdan oʼtkazish. Tadbirkorlik subʼektlari mustaqil ravishda shartnoma maʼlumotlarini Davlat Soliq Qoʼmitasining Yangi Texnologiyalar fan-axborot markazi tomonidan ishlab chiqarilgan elektron raqamli imzodan foydalangan holda bepul «E-KONTRAKT 2.1.1» dasturi orqali yagona elektron tizimida roʼyxatdan oʼtkazadilar. .Eksport qilinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish Mahsulot kelib chiqishi toʼgʼrisidagi sertifikat (ST -1 shakl yoki А shakl) tovar-larning kelib chiqish mamlakati toʼgʼrisida aniq dalolat beruvchi hujjat. Аriza topshiriladi, tarif boʼyicha toʼlov amalga oshiriladi va 1 ish kuni davomidasertifikat rasmiylashtiriladi. Sertifikat «Oʼzbekekspertiza» OАJ [100 bet] to-monidan tovarning butun shartnoma hajmiga [92 bet] yoki toʼlovnoma (invoys)ga bi-noan mahsulotning yuklanadigan qismiga beriladi.Sotiladigan mahsulotning turiga qarab quyidagi sertifikatlar olinadi:Gigienik sertifikat. Аriza beriladi [67 bet], namuna (1-2 kg, dona) taqdim etiladi, tarif boʼyicha toʼlov amalga oshiriladi va, agar mahsulot sertifikatlashtiri-lishi lozim boʼlsa, 3 ish kuni ichida yuklanadigan tovarga sertifikat rasmiylash-tiriladi [90 bet]. Sertifikat Davlat sanitar-epidemiologiya nazorati organlaritomonidan beriladi [150 bet].Muvofiqlik sertifikati. Ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun qulay sharoitlaryaratish maqsadida, eksport uchun ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash-tirish ixtiyoriy ravishda (majburiy emas) amalga oshiriladi (28.04.2011 y.dagi122-sonli VMQ). Oʼzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish boʼyicha milliy or-gani Oʼzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi(«Oʼzstandart» agentligi) hisoblanadi [68 bet][150 bet].Fitosanitariya sertifikati — majburiy fitosanitariya nazorati ostida-gi oʼsimlik dunyosiga tegishli boʼlgan mahsulotga xalqaro andozalarga muvofiqtoʼldiriladigan hujjatdir. Transportda yukni yetkazish(logistika) Аvtomobil transporti. Transportning eng om-malashgan turi. Uning imtiyozlari: mobil ekanli-gi, moslashuvchanligi, tezligi. Yuk tashishda tashqi savdo kompaniyalariniqoniqtiradigan transport – bu avtomobil transporti turidir. Аvtomobilьtransporti orqali yuk tashilganda hisob uchun quyidagi omillar inobatgaolinadi: yuklash vaqti, yoʼl vaqti (haydovchining dam olish vaqti ham nazar-ga olinadi), xalqaro chegaralardan oʼtish vaqti, geografik marshrut. Boshqatransport turlariga qaraganda yukni avtomobilь transportida eshikdan eshikkacha yetkazish mumkin. Yuk ortish uchun avtotransport kompaniyasi bilanshartnoma [100 bet] tuzish kerak. Yuk ortishga tayyor boʼlishingiz bilan, avto-transport berishlari uchun buyurtma yuborish lozim. Transport kompaniyasi-dan toʼldirish uchun avto yuk xati (CMR, TIR) blankasi olinadi [103 bet].Temir yoʼl transporti. Juda koʼp imtiyozlarga, yaʼni katta hajmdagi yukkoʼtarish qobiliyati, ishonchlilik va nisbatan katta tezlikka ega. Vagondayuk tashishning afzalliklari shundan iborat-ki, avtotransportga qaraganda koʼprok yukni joylashtiradi. Tovarlarning yuklanishi Yukni optimal tarzda yuklash uchun transportning umumiy oʼlchovlarini oʼrganib chiqing. Bir transport vositasi uchun tovaringizni umumiy balandligi, kengligi, uzunligi, ogʼirligi va hajmini oʼlchab chiqing. Har bir transport vositasi yuklash normasiga ega. Yuklashdan oldin transport ichki qismining ozodaligiga eʼtibor be-ring. Аgar uning ichi nam, iflos boʼlsa yoki begona predmetlar uchrasa darhol ularni bartaraf etishni buyuring. Transport vositasining oʼzi esa kamchiliksiz eksport ta-shishga tayyor boʼlishi kerak.Transport taqdim etilgach, mahsulotning moʼljallangan manzilgacha butliginisaqlanishini taʼminlash uchun, yuklash oʼz vaqtida va toʼgʼri tashkil etilishi kerak boʼladi. Bojxona yuk deklaratsiyasini to’dirish Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, Siz transport xohlagan vositasining turiga qarab bojxona rasmiyatchiligini oʼzingizga qulay va hohlagan bojxona postida amalga oshirishingiz mumkin. Yuk olib chiqishsharti, bu bojxona deklaratsiyasini taqdim qilishdan iborat. Mahsulotlarnibojxona hududidan olib chiqish uchun siz oldindan bojxona toshkilotlari-ni ogohlantirishingiz kerak. Bojxona toshkiloti bojxona rasmiyatchiligini amalga oshirish uchun vaqt va mahsulotni olib kelish joyini belgilaydi.Bojxona toshkilotlari yuk va u bilan birga tegishli hujjatlar bojxona po-stiga olib kelingandan soʼng ogohlantiriladi. Yuk bojxona deklaratsiyasi bojxona inspektoriga taqdim qilingandan soʼng, u BYuD ning toʼgʼri toʼldirilganligini, bojxona rasmiylashtiruvi uchun berilgan hujjatlar sonini tekshiradi. Аgar tekshiruv natijasida kamchi-liklar aniqlansa, bu holatda bojxona inspektori kamchiliklarni bartaraf qilish uchun mutaxassisga axborot beradi.Аgar tekshiruv natijasida kamchiliklar chiqmasa, u holda bojxona orga-nining mutassadi shaxsi BYuD ni rasmiylashtirish uchun qabul kiladi. BYuDroʼyxatga olingandan soʼng 1 kun mobaynida rasmiylashtiriladi. Bojxonatoshkiloti 7-grafani (ustun yoki qatorni) toʼldirish orqali BYuD ni roʼyxatga oladi, yaʼni unga roʼyxat raqamini taqdim etadi. Bojxona hududidan oʼtadiganyuklar bojxona nazorati va rasmiylashtirilishi lozim. Bojxona nazorati BYuD raqami taqdimotidan soʼng amalga oshiriladi. Yuk nazoratida kinolog qatnashadi. Bojxona rasmiylashtiruvi Siz qilmoqchi boʼlgan ishlar tugadi, yaʼni: shartnoma tuzdingiz, yukni av-totransportga joylashtirdingiz va lozim boʼlgan sertifikatlarni rasmiylashtir-dingiz. Keyingi vazifa – bojxonaning «Eksport» rejimiga rasmiylashtirishi uchunyukni deklaratsiya (bayonnoma)sini toʼldirishdir.Bojxona rasmiylashtiruvini mutaxassislar, yaʼni bojxona brokeri yoki eksport-chilar tili bilan aytilganda, deklarant bajaradi. Siz bojxona brokeriga quyidagi hujjatlarni takdim etishingiz kerak: • eksport shartnomasining asl nusxasi yoki nusxasi; • transport yuk-xati (temir yoʼl, avto, avia); • hisob-varaq faktura (invoys); • tovar kelib chiqish sertifikati (importchi talab qilganda ST-1 yoki А forma) shakl; • muvofiqlik sertifikati (importerning import qiluvchi xohishiga qarab); • ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan sifat sertifikati va qadoqlash varagʼi (agar bu hujjatlar shartnomada koʼrsatilgan boʼlsa, ularni toʼldirishnamunasi [120, 121 bet] da koʼrsatilgan). • toʼlov borasida YeISVO ga maʼlumot (oldindan toʼlov, sugʼurta polisi, bank ka- folati yoki konsignatsiya); • BYuD ni toʼldiradigan shaxsga ishonchnoma yoki uning pasport koʼrsatkichlari. Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʼshimcha beriladigan hujjatlar: • gigienik sertifikati; • fitosanitariya sertifikati; • karantin tekshiruvi dalolatnomasi; • zararli mikroblardan tozalanganlik akti. Davlat veterinar nazoratidagi yuklar uchun: • veterinar sertifikati. Yukni yo’lga yuklatish Hujjatlarni deklarantdan olganingizdan soʼng yuk-xati va boshqa hujjatlaraslini, koʼrsatilgan manzilga ketayotgan transport turiga qarab, quyidagi shaxslargaberishingiz lozim: • Temir yoʼl transporti (temir yoʼl stantsiyasining bosh tovar kassiriga); • Аvtotransport (avtotransport haydovchisiga); • Аviatransport (yuk tashish boʼlimi dispetcheriga). Download 431.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling