Toshkent moliya instituti “moliya va moliyaviy texnologiyalar” fakulteti “iqtisodiy tahlil”fanidan nazorat ishi


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutlaq va nisbiy koʼrsatkichlarda baholanadi


Download 199.91 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi199.91 Kb.
#1254134
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy barqarorlik tahlili Sulaymonov Umar SMMT80

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutlaq va nisbiy koʼrsatkichlarda baholanadi
Moliyaviy barqarorlikning mutlaq koʼrsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralaralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini ifoda etadi. Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga albatta birinchi navbatda oʼz mablagʼlari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, qoʼshilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tahlilining vazifalari
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining oʼzgarishlarini baholash; Moliyaviy barqarorlikka tasir etuvchi omillarni oʼrganish; Moliyaviy barqarorlikni taminlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yoʼlga qoʼyish; Moliyaviy barqarorlikni oʼstirish choralarini koʼrish; Turli holatlardan resurslarnidan samarali foydalanishning istiqboldagi oʼzgarishlarga tasirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maksadi - korxonaning oʼz majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan.Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti – zaxira va harajatlarni moliyalashtirish yuzasidan oʼz va qarz mablagʼlari yetarligi yoki yetishmasligi koʼrsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bogʼliqlikni koʼrish mumkin. Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi. Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi. Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir.


Download 199.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling