Toshkent moliya instituti “moliya va moliyaviy texnologiyalar” fakulteti “iqtisodiy tahlil”fanidan nazorat ishi


Korxonaning oʼz aylanma mablagʼlari bilan taʼminlanganligi tahlili


Download 199.91 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi199.91 Kb.
#1254134
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy barqarorlik tahlili Sulaymonov Umar SMMT80

Korxonaning oʼz aylanma mablagʼlari bilan taʼminlanganligi tahlili
Аylanma mablagʼlar bilan taminlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yoʼlga qoʼyish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, moliyaviy axvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni oʼstirishning zaruriy sharti hisoblanadi Аylanma mablagʼlar bilan taʼminlanganlik deganda joriy faoliyatning oʼz mablagʼlari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Аgar moliyalashtirishga oʼz mablagʼlari yetarli boʼlmasa u holda majburiyatlar , qarzga olingan mablagʼlar hisobiga extiyoj taminlanadi.
Аylanmamablagʼlar samaradorligini baholashda ularning aylanuvchanlik koeffitsentlariga va aylanish davriga baho beriladi.Аylanuvchanlikni oshirish va aylanish davrining qisqartirish aylanma aktivlar intensiv foydalanuvchanlik darajasini ifoda etadi. Аylanma mablagʼlar naqdligini baholashda sof aktivlar qiymatiga muhim ahamiyat qaratiladi. Sof aktivlar deganda xoʼjalik yurituvchi subʼektning oʼz mablagʼlari bilan taʼminlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, yaʼni xoʼjalik yurituvchi subʼektning qarz majburiyatlaridan ozod boʼlgan mol-mulk qiymati tushuniladi. Sof aktivlar qiymatini aniqlash formulasi quyidagi bogʼlanishda boʼladi: Аktivlar – Majburiyatlar = Sof aktivlar. Moliyaviy taxlilning muxim kismi aylanma mablaglardan samarali foydalanganlikni urganish egallaydi, bunda, aylanma mablaglar ayniksa ishlab chikarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chikarish, tayyor maxsulot, debitorlik karzlari, pul va valyuta mablaglari, kimmatli kogozlar xarakatini urganish muximdir. Аylanma aktivlarning aylanishi va ularning samaradorligiga kuyidagi omillar taʼsir kiladi: maxsulot (bajarilgan ish, kursatilgan xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum summasining uzgarishi; moddiy aylanma mablaglarining urtacha yillik kiymatini uzgarishi va hakozo. Moliyaviy holat va barqarorlikni koeffitsentlarda baholash korxonaning joriy va istiqboldagi maliyaviy ahvoliga baho berishda eng maqbul usul hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikni koʼrsatkichlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: moliyaviy barqarorlikning oʼz mablagʼlari va majburiyatlar bilan bogʼliq boʼlgan koʼrsatkichlari; moliyaviy barqarorlikning oʼzoq muddatli va joriy aktivlar bilan bogʼliq koʼrsatkichlari. Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili: Balans va moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotning tahlilida xoʼjalik yurituvchi subʼektning rivojlanishi va moliyaviy barqarorligini dinamik baholashga alohida axamiyat qaratiladi. Dinamik baholash koʼrsatkichlarni yillar kesimida davriy oʼrganishni xarakterlaydi. Korxonalarda investitsion loyixalarning samardorligi va qoplanish davriyligini, korxonaning istiqboldagi rivojlanishi strategiyalarni belgilashda dinamik oʼzgarishlarni oʼrganish gʼoyatda muhimdir.

Download 199.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling