Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash boʼyicha ichki imkoniyatlarni aniqlash va yoʼlga qoʼyish chora tadbirlarini belgilash
Moliyaviy barqarorlikni oʼstirish yuzasidan nimalar qilish lozim:
Birinchidan balansning chuqur tarkibiy oʼzgarishlarini amalga oshirish lozim. Bunda asosiy eʼtiborni moliyalashtirish manbalarida oʼz mablagʼlari manbasi, xususiy kapital xajmini oʼstirishga, uning jami moliyaviy salohiyatdagi salmogʼini imkon darajasida oshirishga asosiy eʼtiborni qaratish lozim. Buning yagona yechimiga dastlaki kapitalni oʼstirish, uning ishchanligi, natijaviyligini taminlash asosida erishiladigan qoʼshilgan kapital, rezerv kapitali va foydani oʼstirish hisobigagina erishiladi. Ikkinchidan moliyaviy barqarorlikni oʼstirishning muhim imkoniyatlari zapxira va xarajatlarni optimallashtirish, ularning ishlab chiqarish va faoliyat uchun zaruriy qismini shakllantirish, turib qolishlarga, ortiqcha normalarda saqlanishiga yoʼl qoʼymaslik kiradi. Moliyaviy imkoniyatlarni oʼstirishda kreditorlar bilan aloqalarning yaxshi yoʼlga qoʼyilganligi ham muhim oʼrin tutadi. Moliyaviy barqarorlikning balans moddalari orqali baholashda mutlaq moliyaviy barqarorlik, normal moliyaviy barqaror, nobarqaror, kriziz xolatidagi moliyaviy ahvolni darajasiga, korxonaning bir holatdan ikkinchi holatga oʼtishini tarkibiy jihatdan chuqur tadqiq etish va aniq yechimlarga imkon beruvchi xulosalarini shakllantirish menejerlar doimiy eʼtiborida boʼlishi lozim. Moliyaviy barqarorlikni taminlashda yana bir muhim jihat debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini oqilona boshqarish imkoniyatlariga qaratilmogʼi lozim. Ularning aylanuvchanligi va aylanish davrini davriy oʼrganish asosida moliyaviy imkoniyatlari hisob-kitob qilinishi zarur. Аylanma mablagʼlar bilan taminlanganlik zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishga nisbatan qoʼllaniladi. Zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish manbalariga oʼz mablagʼlari va qarzga olingan (qisqa muddatli) mablagʼlari kiritiladi.Oʼz mablagʼlari manbasi oʼzoq muddatli majburiyatlar qoʼshilgan holda balansda uzoq muddatli aktivlarni moliyalashtirishga yoʼnaltiriladi. Iqtisodiy mazmuni va sharti boʼyicha amalda, uzoq muddatli majburiyatlar toʼliq, oʼz mablagʼlarining faqat bir qismi uzoq muddatli aktivlarga yoʼnaltiriladi.qiymat analitiklar tilida oʼz aylanma mablagʼlarining mavjud summasi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |