Toshkent moliya instituti moliya yo’nalishi mmc 61-guruh talabasi Umarov Elbek Maxmud o’g’li ning


Download 292.59 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi292.59 Kb.
#1510265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat moliyasi va uning tarkibiy tuzilmasi.

Davlat moliyasi - kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlanishi jarayonida davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizimini uz ichiga oladi. Davlat moliyasining mohiyati va uning roli va maqsadlari davlatlarni bajaradigan funksiyalari, ishlab chiqarish usullari, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi.Davlatlarning paydo bulishi bilan moliyaning paydo bulishini obyektiv shart sharoitlari davlatlar jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bulgan funksiyalarda namoyon buladi.
Davlatlarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarining isloh qilish, institutsional o‘zgarishlar, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik meyorlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ana shunday davlatlarning jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy rolini amalga oshirishi uchun yirik miqdordagi moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi va bunday moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish jarayoni davlat moliyasini mazmunini anglatadi. Davlat moliyasi davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarishi uchun zaruriy pul mablag‘lari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mamlakatning moliya tizimini muhim bug‘inidir. Uzinig iqtisodiy mohiyatiga kura davlat moliyasi Ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida davlat ixtiyorida pul fondlarini shakllantirish va mazkur davlatning pul fondlaridan kengaytrilgan takror ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha xarajatlarga, jamiyat a’zolarining usib borayotgan ijtimoiy madaniy ehtiyojlarini kondirishga, mudofaa va boshqarish sohalarini moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ehtiyojlarni kondirishga ishlatish bilan bog‘liq makroiqtisodiy munosabatlar tizimidir. Davlat moliyasining uziga xos xususiyati shu bilan belgilanadiki unda qatnashuvchi subyekt sifatida davlatning uzi maydonga chikadi. Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati turli tuman talkin qilinadigan bulib, uning tarkibida aloxida uzaro bog‘liq bug‘inlar mavjud bulib, ularning xar biri uziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiritiladi: Davlat boshqaruvning turli darajalarida shakllantiriladigan budjet munosabatlari, budjetdan tashqari fondlar, davlat krediti munosabatlari, davlat korxonalari moliyasi. Yuqorida sanab o‘tilgan davlat moliyasi bug‘inlarining funksional vazifalari yordamida davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning keng spektrlariga ta’sir kiladi, tarmoq va xududiy muammolarni xal qilish imkoniyatlariga ega buladi.
Davlat moliyasi davlatning umumiy daromadlarini shakllantirish va davlat xarajatlari yo‘nalishi uz ichiga oluvchi qiymat taqsimot munosabatlarini uzida aks ettiradi.
Agar mamlakat mikyosidagi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni boshqarish darajasiga asoslangan holda davlat moliyasini guruxlanishida davlatlarning siyosiy tuzilishi va davlat boshqaruvi asosiy omil hisoblanadi. Chunonchi, mamlakatlarning siyosiy tuzilishi va boshqaruv tuzilmasi nuktai nazaridan federativ, konfederativ va unitar kabi turlarga ajratishimiz mumkin.
Taniqli rossiyalik moliyachi V.Rodionovaning fikricha Federativ mamlakatlarda davlat moliyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish darajasi nuktai nazaridan 3 asosiy bug‘inga: Federal moliya, federatsiya subyektlari moliyasi va Mahalliy moliyaga bulinishini ta’kidlaydi.
Unitar mamlakatlarda yaxlit davlat boshqaruvi tizimi shakllantirilgan bulib Davlat moliyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni davlat boshqaruv darajasi nuktai nazaridan 2 turga ya’ni markaziy moliya va Mahalliy moliyaga bulinadi. Uzbekiston respublikasi davlat moliyasi yuqorida aytib o‘tilgan sifat belgilariga kura ham 2 turga ya’ni markaziy moliya va Mahalliy moliyaga bulinadi. Markaziy moliya respublika budjeti, budjetdan tashqari fondlar, davlat krediti va markaziy xukumat ixtiyoridagi davlat korxonalari moliyasini uz ichiga oladi. Mahalliy moliyaning markaziy bug‘inini Mahalliy budjetlar tashkil kiladi. Mahalliy budjetlar Mahalliy xokimiyat organlarinig boshqaruv vakolatlari darajasida ehtiyoj sezuvchi markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq imperativ pul munosabatlari tizimi hisoblanadi. Mahalliy kredit munosabatlari hozircha Respublihamizda shakllantirilgani yuk. Buning asosiy sabablaridan biri Uzbekiston respublikasi budjet tizimi tug‘risidagi qonunning 24 moddasiga muvofik Mahalliy budjetlar hamomad bilan ijro qilinishi mumkin emas va ularning hamomadlari respublika budjetidan ajratiladigan moliyaviy yordam usullari vositasida koplanadi. Umuman, markaziy va Mahalliy xokimiyat organlarining jamiyatdagi bir butun ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni boshqarishdagi vakolatlariga asoslangan holda ular budjet usulida moliyaviy resurslar shakllantiriladi.
Budjet munosabatlari yordamida moliyaviy usulda qayta taqsimlash natijasida milliy daromadning sezilarli qismi jamlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, markaziy va Mahalliy xokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy bazasi davlat budjeti hisoblanadi.
Budjet iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki uning moddiy asosini ijtimoiy ishlab chiqarish natijasida olinadigan pul daromadlari hisoblanadi. Shuning uchun ham xar qanday mamlakatda budjet munosabatlarini tashkil qilish jarayonida ishlab chiqarish manfaatlari hisobga olinishi lozim.
Budjet vositasida davlat iqtisodiyotga faol ta’sir qilish imkoniyatlariga ega buladi. Chunki budjet vositasida iqtisodiyotning yirik miqdordagi pul resurslari tarmoqlar va xududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Demak, budjet daromadlarini shakllantirish va ulardan ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalanish jarayonida davlatning barcha tarmoq va sohalaridagi pul daromadlari va jamg‘armalarni tartibga soladi, mamlakatlarning turli xududlaridagi iqtisodiy potensial, investitsion faollikni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan bog‘liq xududiy muammolarni xal qilish imkoniyatlariga ega buladi.
Yuqoridagilar umumlashtirgan holda davlat moliyasining tarkibiy qismi sifatida davlat budjeti 4 asosiy sifat belgilari bilan tavsiflanadi:
Budjet davlat qulida milliy daromadni bir qismini jamlash va ijtimoiy ehtiyojlar uchun undan foydalanish bilan bog‘liq qayta taqsimlash munosabatlarining aloxida iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning uziga xos shakli sifatida imperativ xarakterga ega bulgan pul munosabatlari hisoblanadi. Budjet orkali milliy daromadni ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim sohalari o‘rtasida, iqtisodiyot tarmoqlari ichida , ijtimoiy faoliyat sohalari o‘rtasida, mamlakat xududlari o‘rtasida qayta taqsimlash amalga oshiriladi.
Budjetning taqsimlash sohasi davlat moliyasida muhim rol uynaydi.
Demak, budjetning iqtisodiy mohiyati nuktai nazaridan mustakil iqtisodiy kategoriya sifatida kurib o‘tiladigan bulsa, davlatning moliyaviy asosini qonuniy urnatilishi nuktai nazaridan esa budjet davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida kurib chikiladi.O’zining jamiyat tarakkiyotidagi ijtimoiy iqtisodiy funksiyalariga asoslangan holda budjetdan tashqari ijtimoiy fondlar davlat moliyasida muhim ahamiyatga egadir.
Davlatning budjetdan tashqari fondlari asosan ijtimoiy muammolarni xal qilish maqsadida markazlashtirilgan shaklda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan pul daromadlarini bir qismini ijtimoiy ehtiyojlar yo‘nalishida foydalanish uchun qayta taqsimlash jarayonida shallantiriladigan pul fondidir.
Hozirgi sharoitda mavjud budjetdan tashqari fondlar uzlarining shakllanish maqsadlari yo‘nalishida 2 asosiy guruxga ajratiladi:

Budjetdan tashqari ijtimoiy fondlar davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda muhim moliyaviy manba rolini uynaydi. Bunday siyosat sifatida ham ta’minlangan oilalarga nafakalar berish, kariyalar uchun pensiya tizimini shallantirish, kup bolali va ham ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish, mamlakat mikyosidagi ishsizlikni oldini olish, mehnat resurslari xududlar o‘rtasida migratsiyasini kushimcha ishchi urinlarini yaratish hisobiga barqarorlashtiri kabi ijtimoiy manfaatlarni hisobga olgan holda tashkil qilingan.
Iqtisodchi L.A. Drabozinaning ta’kidlashicha «Budjetdan tashqari fondlar- aholining aloxida ijtimoiy guruxlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash usulidir». Davlat uzining ijtimoiy funksiyasini amalga oshirishda budjetdan tashqari ijtimoiy fondlardan faol foydalanadi. Davlat moliyasini muhim bug‘ini sifatida budjetdan tashqari fondlarni shakllanishi davlatning yagona markaziy fondi budjetni shakllanishi bilan maxsus fondlar shaklida paydo bulgan. Shuningdek, davlat ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda maxsus pul fondlarini ham shakllantilishiga ehtiyoj sezadiki, bunday fondlar vaktinchalik xarakterga ega bulgan fondlar hisoblanadi.
Hozirda Uzbekiston respubliasida ham budjetdan tashqari idjtimoiy fondlar bilan birgalikda vaktinchalik xarakterga ega bulgan maxsus fondlar: Biznes fond, «Umid» fondi, «Ustoz» fondi, XIFlar shakllantirilgan bulib davlatning ma’lum maqsadlaridagi tadbirlarini moliyalalashtirish uchun shakllantirilgan.
Ma’lum davrlar mobaynida turli tuman maxsus fondlarning kupligi natijasida bir fondlarda moliyaviy resurslarning ortikchaligi va ayrim fondlarda moliyaviy resurslarni hamomadi holatlari bilan bog‘liq moliyaviy nokulayliklarni vujudga kelgan. Ularni boshqarish uchun kushimcha resurslar talab qilinib, shuning asosida aksariyat fondlarning birlashtirilishi va yaxlitlanishi natijasida Davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan tasdiklanadigan yagona davlat budjeti fondiga asos solingan.
Hozirgi zamon davlat moliya tizimida davlat budjetining rolini usib borishi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlarni shakllantirishga etij usib bormokda. Bunday fondlarning miqdorlarini kupayishi kator sabablar bilan belgilanib ular quyidagilardir:
Davlat xokimiyati organlarining xujalik xayotiga aralashuvi uchun qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi va nobarqaror iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida shakllantiriladi. Masalan, Uzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarning ustivor yo‘nalishi hisoblanuvchi xususiyatlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va tadbirkorlik faoliyatini kullab kuvvatlash maqsadlarida maxsus «Biznes fond» va Xususiylashtirish investitsiya fondlari shakllantirilgan bulib, ularning moliyaviy kumagi vositasida xususiylashtirish jarayoni jadallashtirilmokda va kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyatini moliviy rag‘batlantirish maqsadlarida imtiyozli moliyalashtirish tizimlarini shakllantirilmokda. Davlat budjetidan avtonom ravishda faoliyat yurituvchi mazkur fondlar davlat tomonidan aloxida e’tibor talab kiluvchi aloxida muhim vazifalarni yechishga karatilgan. Aynan aniq maqsadli foydalanishdagi budjetdan tashqari fondlarni shakllanishi samarali davlat moliyaviy nazorat tizimlarini ta’minlaydi.
Budjetdan tashqari fondlarning aktiv saldolari sharoitida davlat budjeti takchilligini kredit mexanizmi orkali moliyalashtirish manbalariga ega bulinadi.
Davlat moliyasining muhim bug‘inlaridan biri davlat krediti munosabatlari bulib davlat krediti- korxona, tashkilot, aholi va boshqa davlatlarning vaktinchalik bush pul mablag‘larini davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun jalb qilish bilan bog‘liq pul munosabatlaridir. Davlat kreditining davlat moliyasini muhim bug‘ini sifatida kurilishiga asos davlat krediti munosabatlari vositasida yirik miqdordagi pul mablag‘lari davlat manfaatlari uchun yoki davlat tadbirlarini moliyalashtirish uchun zaruriy moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq munosabatlarligi hisoblanadi.
Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining asosiy sohasi bo‘lishi bilan bir qatorda u davlatni o‘z oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik funksiyalarini amalga oshirishda moliyaviy resurslar bilan ham ta’minlab turadi.

Download 292.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling