3-mavzu. Uy xо‘jaligi moliyasi. Reja: Uy xо‘jaligi moliyasi- iqtisodiy kategoriya sifatida


Download 176.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi176.02 Kb.
#1568072
  1   2   3
Bog'liq
UY XO\'J MOL



3-mavzu. Uy xо‘jaligi moliyasi.
Reja: 
1. Uy xо‘jaligi moliyasi- iqtisodiy kategoriya sifatida. 
2. Uy xо‘jaligi byudjetining daromadlari va xarajatlari qismi.
 
1.Uy xо‘jaligi moliyasi- iqtisodiy kategoriya sifatida. 
Hozirgi jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy- iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalishlaridan biri uy xо‘jaliklari pul daromadlarini va 
xarajatlarini barqarorlashtirish orqali ularning turmush farovonligini oshirish hisoblanadi. 
Aholining 
turmush 
farovonligini 
oshirish 
nafaqat 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorligining asosiy omili hisoblanadi, balki hozirgi kunda tobora gloabllashib borayotgan 
jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining respublikamiz milliy iqtisodiyotiga ta’sirini 
yumshatishning omili va shu bilan birgalikda О‘zbekistonni istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlash 
orqali uni jahon bozorida yangi marralarga chiqishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
Moliya tizimining tarkibida uy xо‘jaliklari moliyasining alohida о‘rni mavjuddir. Uy 
xо‘jaliklari ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi resurslarni makrodarajadagi 
aylanishida alohida vazifalarni bajaradi va natijada yaratilgan kо‘shilgan qiymatni ish haqi 
shaklida va boshqa daromadlar shaklida taqsimlanishida ishtirok etadi. Ish haqi va boshqa turdagi 
xizmatlar uchun shakllantiriladigan daromadlar hisobiga uy xо‘jaliklarini pul daromadlari hosil 
bо‘ladi. Bunday pul daromadlari makrodarajada yuqori hajmdagi pul mablag‘larini tashkil qiladi. 
Mazkur daromadlar hisobiga ular iste’mol tavsifidagi xarajatlarni amaga oshirish bilan birga 
jamg‘armalar hisobiga yirik moliyaviy resurslarni vujudga keltiradi.
Shaxsiy iste’mol fondini taqsimlashning pirovard yakuni jamiyat a’zolari oilaviy 
daromadlarining tarkibi topishidan iboratdir. Agar ishlab chiqarish va dastlabki taqsimotni tahlil 
qilishnining predmeti professinonal tayyorgarlikka, tajriba va boshqa qobiliyatlarga ega bо‘lgan 
individual xodim sifatidagi inson bо‘lsa daromadlar va ulardan foydalanishni tadqiq qilganda oila 
asosiy obyekt bо‘ladi.
Iqtisodiy ma’noda uy xо‘jaliklari deganda qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘langan va 
oilaviy iste’mol uchun birgalikda xо‘jalik yuritadigan shaxslar guruhi tushuniladi. Uy xо‘jaligi 
takror ishlab chiqarishning oxirgi bosqichi- moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilishda 
iborat. Uy xо‘jaliklari daromadlarining tarkib topishi, ulardan foydalanish, daromadlar va 
xarajatlarni muvofiqlashtirish oila byudjetini tashkil etadi. Oila byudjetining daromadlar qismini 
tashkil etadigan manbalar g‘oyat xilma xildir. Bular ijtimoiy xо‘jalikda mehnatga qarab haq 
tо‘lash, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan tо‘lovlar va imtiyozlar shaxsiy yordamchi yoki 
ishqibozolikka yuritiladigan xо‘jalikdan va yakka tartibdagi mehnat faoliyatidan keladigan 
daromadlar, ya’ni ishlaydigan va ishlamaydigan oila a’zolarining pul tushumlari shaklidagi turli 
xizmatlar tarzidagi va natura shaklidagi hamma daromadlardir.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy 
jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi kо‘rinishida 
tasavvur qilish mumkin. Asosan, xususiy mulkka tayangan iqtisodiy tizimlarda bunday doiraviy 
aylanish korxonalar va uy xо‘jaligi о‘rtasida amalga oshiriladi.
Uy xо‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan barcha iqtisodiy resurslar bozoriga 
yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga 
aylantiradilar, sо‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni 
paytda resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakati bilan yonma yon daromadlarni ham doiraviy 
aylanishi amalga oshiriladi. YA’ni, uy xо‘jaliklari о‘zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar 
evaziga daromad oladilar hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar 
yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni 
sotish evaziga daromad oladilar. Bu yerda barcha ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlari faqat 
bozor orqali boshqariladi, boshqapcha aytganda resurslar, tovarlar va xizmatlar bozoridagi 
shakllangan talab hamda taklif yordamida boshqariladi.



Download 176.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling