3-mavzu. Uy xо‘jaligi moliyasi. Reja: Uy xо‘jaligi moliyasi- iqtisodiy kategoriya sifatida


Uy xо‘jaligi byudjetining daromadlari va xarajatlari qismi


Download 176.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi176.02 Kb.
#1568072
1   2   3
Bog'liq
UY XO\'J MOL

 
2.Uy xо‘jaligi byudjetining daromadlari va xarajatlari qismi.
Uy xо‘jaliklari daromadlarining tarkib topishi, ulardan foydalanish, daromadlar va 
xarajatlarni muvofiqlashtirish oila byudjetini tashkil etadi. 
Uy xо‘jaliklari daromadlari - bu oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki 
ishlab chiqarilgan pul va natural shaklidagi daromadlar yig‘indisidir. 
Uy xо‘jaliklari daromadlari - bu oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki 
ishlab chiqarilgan pul va natural shaklidagi daromadlar yig‘indisidir. Aholining talab-ehtiyojlari 
darajasi va tarkibi daromad miqdoriga bevosita bog‘liq bо‘ladi. 
Daromad darajasini tahlil etish, aniqlash va taxmin qilish uchun daromadning har xil turlari 
va kо‘rsatkichlaridan foyda-laniladi. Quyida daromadning eng kо‘p tarqalgan turlarini kо‘rib 
chiqamiz. 
Daromadlarning bir qismi moddiy farovonlikni ta’minlashga, boshqa qismi xizmatlardan 
foydalanish uchun sarflanadi. Ehtiyojlar tarkibiga pul daromadlarining oshishigina emas, balki 
aholi tar-kibining о‘zgarishi, aholi ilmiy-madaniy saviyasining о‘sishi ham ta’sir etadi. 
Daromadlarni nominal, о‘z ixtiyoridagi va real daromadlarga ajratiladi. Nominal daromadlar 
soliqlar va narxlarni hisobga olmagan holdagi pul daromadlari miqdorini bildiradi. О‘z 
ixtiyoridagi daromadlar - bu soliq va boshqa majburiy tо‘lovlar tо‘langandan keyin qolgan 
nominal daromaddir, demak, bu daromad aholining jamg‘arish va ehtiyojlarni qondirish uchun 
foydalanadigan mablag‘larini о‘z ichiga oladi. 
Real daromadlar aholi turmushi haqida gap ketganda, daromadga urg‘u berishadi, negaki, 
farovonlikni bildiruvchi umumlashgan kо‘rsatkich daromad hisoblanadi. Bunda daromadning 
umumiy miqsori emas, balki jon boshiga tо‘g‘ri kelgan daromad kо‘rsatkichi muhim sanalib, unga 
barcha manbalardan kelgan daromad, jumladan natura naklidagi daromad ham kiritilishi kerak. 
Albatta, aholi turmushini real daromad ifoda etadi, chunki bu inflyatsiya ta’siridan xoli 
daromaddir. Pul shaklidagi daromad - bu nominal daromad. Real daromad - bu qо‘lga tekkan 
pulning xarid qobiliyati, ya’ni unga bozor nima berishidir
1
. Aholi daromadidan soliq, badal puli 
kabi ajratmalar tо‘langandan sо‘ng qolgan pul qо‘lga tekkan daromad hisoblanadi, unga nima 
berishi bozor narxlariga bog‘liq bо‘ldi. Aholi nominal daromadining о‘sishiga shak-shubha 
bо‘lishi mumkin emas, chunki inflyatsiya sharoitida qо‘lga tekkan pul hajmi muttasil ortib 
bormoqda. 
Real daromad deganda inflyatsiya inobatga olinishi shart, albatta. Uning hisob- kitobiga 
shunday yondoshgan taqsirda, real daromad jon boshiga tо‘g‘ri keladigan daromad hisoblanadi. 
Mustaqillik davrida davlat monopoliyasining barham topishi iqtisodiy demokratizmni 
yuzaga keltirib, bozor munosabatlariga yо‘l ochdi. Bu aholi daromadlariga ta’sir etishi tabiiy, 
albatta. Islohotlar yangi daromadlar manbalarini vujudga keltirdi. Ma’lumki, sotsializm sharoitida 
mehnatga qarab taqsimlash shiori о‘rtaga tashlangan bо‘lsa-da, aslida daromadlarni mumkin qadar 
bir tekis taqsimlashga, hammani bir xil daromad bilan ta’minlashga moyillik kuchli edi. 
Daromadlarga chegara qо‘yilib, kо‘p pul ishlash, ya’ni boy bо‘lish amalda taqiqlangan va ta’qib 
etilgan. Buni sotsializmni barbod bо‘lishining sabablaridan biri deyish mumkin, chunki bu 
tuzumda kishilarning shaxsiy manfaati yuzaga chiqmasligi bois mehnat omillari о‘ta zaiflashib 
ketib, iqtisodiyot inqirozga yuz tutdi. Islohotlar tufayli tadbirkorlik daromadi, aksiyador dividendi, 
mulkdan kelgan daromad shaklidagi tabiatan yangicha bozor daromadlari paydo bо‘ldi. 
Natijada ish haqi ham bozor daromadiga aylanib bormoqda. Bozor daromadi - bu ishlab 
topilgan daromad, ya’ni ish kuchi, kapital yoki boshqa boylikni о‘z egasi tomonidan naqadar 
samarali ishlatili-shiga qarab topiladigan daromaddir. Bozor daromadi ahamiyatining ortib borishi 
bozor munosabatlarining qaror topib boryotganligidan darak beradi. Islohotlar, shak-shubhasiz, 
daromadlar tarkibida chuqur о‘zgarishlar yaratadi. 
Ш.Шодмонов ва б. Иқтисодиёт назарияси. –Т.:“Молия” нашриёти, 2002 й.- 27 б. 


Mamlakat aholisining turmush darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va tarkibi bilan 
ifodalanadi. Yakuniy shaxsiy iste’mol tarkibi (shaxsiy iste’mol xarajatlari), ayniqsa, muhim 
ahamiyatga ega. 
Iste’molning umumiy hajmida uzoq muddat foydalanishga mо‘ljallangan tovarlar ulushining 
yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan 
dalolat beradi. 
Aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulotdan aholining rivojlanish 
indeksi va mamlakatning ijtimoiy 

Download 176.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling