Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari


Download 0.62 Mb.
bet18/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanish bosqichlari


Yevropa valyuta tizimi – bu mintaqaviy valyuta tizimi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy integratsiyasi doirasida milliy valyutalar harakati bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini o‘zida ifodalaydi. Yevropa valyuta tizimi zamonaviy jahon valyuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o‘z ichiga oladi:
  • EKYu (European currency unit) standarti. EKYu – shartli jamoaviy valyuta bo‘lib, Yevropa ittifoqiga kiruvchi, Yevropaning etakchi mamlakatlarining 12 ta valyutasiga asoslanadi. Har bir valyutaning savatdagi og‘irligi a’zo davlatning Yevropa ittifoqi YaMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog‘liq holda aniqlanadi.


  • Birgalikda suzuvchi valyuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993 yilda valyuta muammolarining kuchayishi bilan bog‘liq holda tebranish doirasi ±15%gacha kengaytirildi (“Yevropa valyuta iloni”).


Interventsiya va valyuta kurslari mexanizmi. Yevropa valyuta tizimida interventsiya, valyutalar bilan bog‘liq xisob-kitoblar va to‘lov balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplash uchun mamlakatlar markaziy banklariga kreditlar berish orqali davlatlararo mintaqaviy valyutani tartibga solish amalga oshiriladi. Yevropa valyuta tizimini tartibga solish va EKYuning emissiyasi 1994 yilgacha Yevropa valyuta xamkorlik fondi tomonidan, 1994 yildan esa, Yevropa valyuta instituti tomonidan amalga oshirildi.


1989 yilda J.Delor (Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish dasturi G‘arbiy Yevropa integratsiyasi rivojidagi keskin burilish bosqichi bo‘ldi.
“Delor rejasi” doirasida quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan edi:
  • umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag‘batlantirish;


  • qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;


  • inflyatsiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsadida byudjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;


  • pul-kredit va valyuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;


  • yagona valyuta siyosati, qat’iy belgilangan valyuta kurslari va jamoaviy valyuta - EKYuni joriy etish.


1991 yildan Yevropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona Yevropa valyutasini joriy etishga mo‘ljallangan islohotlar amalga oshirildi.


Yevropa valyuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Frantsiya va Belgiya tayyor bo‘lib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya o‘rin egalladi, Shveytsariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valyuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo‘shilishi dolzarb masala bo‘ldi.
Valyuta ittifoqini shakllantirish va yagona valyutani joriy etish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998 yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Yevropa Markaziy bankiga quyidagi funktsiyalar biriktirildi:
  • valyuta operatsiyalarini samarali tashkil etish;


  • yevrohududga a’zo bo‘lgan davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash;


  • to‘lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;


  • yevrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.


Yevrokengash “yevro hudud”ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar o‘rnatildi:


  • Inflyatsiya sur’ati Yevropa Ittifoqining uchta narxlar darajasi eng barqaror mamlakatlarning o‘rtacha inflyatsiya darajasidan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak.


  • Davlat byudjeti taqchilligi YaIMning 3%dan oshmasligi kerak.


  • Davlat qarzi YaIMning 60%dan oshmasligi lozim;


  • Milliy valyutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Yevropa valyuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo‘lishi lozim.


Shu tarzda, “yevro hudud”ga 11 ta mamlakat kirdi - Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, Ispaniya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Finlyandiya, Frantsiya. Gretsiya (mezonlarga javob bermaganligi tufayli), Daniya (konstitutsion jihatdan nomuvofiqligi tufayli), Shvetsiya va Buyuk Britaniya “yevro hudud”ga kirmadi.


Ikkinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlandi. “Yevro hudud”ga kirgan mamlakatlar milliy valyutalarining almashinuv kurslari yevroga nisbatan qa’tiy belgilandi, yevro naqdsiz shaklda EKYuni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002 yil 1 yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominatsiyalarda yevro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a’zo-mamlakatlarning milliy valyutalari bilan parallel muomalada bo‘ldi hamda asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo‘ldi.
To‘rtinchi bosqichda, 2002 yil 1 iyuldan. Ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari butunlay o‘zlarining pul funktsiyasini yo‘qotdi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling