Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


- BOB. “XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI


Download 0.62 Mb.
bet2/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

1- BOB. “XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI

  1. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, maqsadi va vazifalari.


  2. Xalqaro valyuta munosabatlari tushunchasi va uning asosiy funktsiyalari






  1. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, maqsadi va vazifalari.

Bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin oʻzgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani milliy iqtisodiyotni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga koʻtarish, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro valyuta munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi.


Globallashuv sharoitida jahon bozori kon’yunkturasi keskin oʻzgarib, raqobat tobora kuchayib borayotgani milliy iqtisodiyotni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga koʻtarish, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirishni taqozo etadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar, shuningdek xalqaro moliya bozori va xalqaro moliya tizimida valyutalarning harakati bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Xalqaro valyuta munosabatlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya tizimida valyuta mablag‘larining muomalasi jarayonida hosil bo‘luvchi ijtimoiy munosabatlar majmuasini o‘zida ifodalaydi. Xalqaro valyuta munosabatlari zamonaviy iqtisodiyot sharoitida valyuta bozorida faqat valyutalarning oldi-sotdi operatsiyalari bilan cheklanmaydi. Xalqaro valyuta munosabatlarini xalqaro moliya bozori va jahon xo‘jaligida valyutalarning harakati jarayonida yuzaga keluvchi moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi sifatida ta’riflash mumkin. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar (jahon iqtisodiyoti, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro tadbirkorlik, investitsion hamkorlik, xalqaro logistika va boshqalar), shuningdek xalqaro moliya munosabatlari (bank, kredit, to‘lov-hisob-kitob, sug‘urta, fond, xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalar va boshqalar) kabilarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro valyuta munosabatlarining obyekti sifatida xorijiy va milliy valyutalar namoyon bo‘ladi. Biroq valyutalar jahon moliya bozorining muhim tovari sifatida uning boshqa tovarlari bilan o‘zaro aloqador va bog‘liqdir. Shu boisdan valyuta munosabatlarining obyekti bo‘lib oldi-sotdi obyekti sifatida global moliya bozorida mavjud bo‘lgan barcha mahsulotlar, jumladan derivativlar bo‘lishi mumkin.
Xalqaro valyuta munosabatlari nafaqat jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya tizimida, balki xalqaro ijtimoiy va madaniy jarayonlarda ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli keng ma’noda valyuta munosabatlarining obyekti bo‘lib valyutalar va hosilaviy valyuta instrumentlari hisoblanadi hamda ular xalqaro moliya bozorining valyuta sektoridagi operatsiyalarda qo‘llaniladi. Biroq, xalqaro moliya bozorining barcha sektorlari o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi tufayli xalqaro valyuta operatsiyalari barcha sektorlarga, shuningdek xalqaro moliya bozorining barcha mahsulot va xizmatlarini amalga oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, zamonaviy xalqaro valyuta munosabatlarining obyekti sifatida xalqaro moliya bozorining valyuta shaklidagi barcha moliyaviy mahsulotlari va xizmatlari namoyon bo‘ladi.
Valyuta munosabatlarining faoliyat ko‘rsatish sohasi pul munosabatlarinikiga nisbatan tor hisoblanadi, shunga muvofiq valyuta munosabatlari tashqi iqtisodiy aylanma, xalqaro moliya bozori va xalqaro ijtimoiy-madaniy aloqalar bilan cheklanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib o‘zida jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya bozoridagi pul munosabatlarini ifodalaydi. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa bo‘g‘inlari, jumladan, xalqaro savdo, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish omillarining baynalmillashuvi, iqtisodiy integratsiya, mehnat resurslarining migratsiyasi bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi. Valyuta munosabatlari obyektiv xususiyatga ega bo‘lgan holda iqtisodiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda mamlakatning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ishtirokini tashkil etish va rivojlantirishning ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, jahon valyuta tizimi ishtirokchilari faoliyatini hamda xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va boshqarish usullari boʻyicha bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifalari – jahon valyuta tizimi, uning asosiy elementlarini, jahon valyuta tizimi ishtirokchilarining faoliyatini, ular faoliyatini tashkil etish va tartibga solish mexanizmini, jahon valyuta tizimi va xalqaro valyuta bozoridagi operatsiyalarni boshqarish usullarini, mamlakatning xalqaro valyuta munosabatlaridagi ishtiroki toʻg’risidagi statistik ma’lumotlar asosida joriy holatni tahlil qilish va baholashni, davlatning jahon valyuta tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytirish yoʻllarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni oʻrgatishdan iborat.
Xalqaro moliya munosabatlarining bir qismi xalqaro valyuta munosabatlari hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari mohiyati jihatidan valyutaning jahon xo’jaligi va milliy xo’jalikda amal qilishi hamda xo’jaliklar faoliyati natijalarini o’zaro ayirboshlanishida yuzaga kelgan munosabatlar majmuasini anglatadi.
Valyuta munosabatlarinig elementlari qadimiy antik davrga borib taqalgan bo’lib, qadimiy Gretsiya va Rimda veksel ko’rinishida va pulni maydalash hamda ayirboshlash ko’rinishida bo’lgan. Valyuta munosabatlarining keyingi rivojlanish davri o’rta asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda g’arbiy yevropada o’tkazma veksellari bo’yicha savdo markazlari tashkil qilingan, shular jumlasiga Liondagi veksel yarmarkasini kiritishimiz mumkin. Feodal ishlab chiqarishdan kapitalistik ishlab chiqarishga o’tilishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarning banklar orqali amalga oshirilishi juda tez rivojlandi.
Ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo’jalik yuritishning xalqaro tizimi shakllanishi va xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining asosi bo’lib hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar orqali, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’molda namoyon bo’ladi. Valyuta munosabatlari bilan takror ishlab chiqarish o’rtasida to’g’ri va teskari aloqa mavjud. Ularning ob’ektiv asosi jamiyatdagi tovar va xizmatlar hamda kapitalning xalqaro ayirboshlashini yuzaga keltiruvchi takror ishlab chiqarish hisoblanadi. Valyuta munosabatlarining holati mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanganligiga bog’liq.
Mamlakatlar xalqaro bozorga qo’shilishi natijasida kapital aylanishi jarayoni milliy pul birligidagi kapitalninng bir qismini xorijiy valyutaga aylanishi va aksincha holat yuz berishini anglatadi. Bu holat xalqaro hisob-kitob, valyuta, kredit va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda yuz beradi.
Valyuta munosabatlari takror ishlab chiqarishga nisbatan ikkilamchi sanalsada, unga sezilarli teskari ta’sir o’tkazadi. Xo’jalik ishlab chiqarishining baynalminallashuvi sharoitida takror ishlab chiqarish tashqi omillarga – ishlab chiqarish dinamikasi, xorij fan va texnika taraqqiyoti darajasi, xalqaro savdoning rivojlanishi, kapitallar oqimiga juda bog’liq bo’lib qoladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining beqarorligi va valyuta inqirozlari takror ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan xalqaro valyuta munosabatlarini aniq bir shaklga keltirishga va uni doim nazorat qilishga harakat qilib kelingan.




  1. Download 0.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling