Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
Arbitraj operatsiyalari – valyuta kurslarifarqidan foyda olish maqsadida amalga oshiraladigan spekulyativ operatsiyalardan biridir. Bunda odatda, arbitrajyor ma’lum bir qisqa vaqt oralig‘ida turli joylardagi valyuta bozorlarida shakllangan bir turli valyuta kurslari farqidan foyda oladi. Ya’ni, bir joydan valyutani arzon sotib olib, boshqa bir joyda qimmatroqqa sotadi. Bu kabi, qisqa muddatli valyuta arbitraji operatsiyalarida risk darajasi uzoq muddatli valyuta operatsiyalariga nisbatan kam bo‘ladi. Arbitrajyorlar valyuta bozordagi kurslarning o‘zgarish tendentsiyalarini aniqlash maqsadida doimo ularni kuzatib boradilar, yirik banklar faoliyati natijalarini proznozlash, bozorga keskin ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.
Ayni bir yoki turli moliya markazida ma’lum bir qisqa vaqt oralig‘ida bozor kursi o‘rtacha kursdan sezilarli darajada farq qilsa, u holda turli narxlar natijasida foyda olish maqsadida jarayonni amalga oshiruvchi valyuta arbitraji operatsiyalarining davomiyligi orqali kurslar muvozanatga keltiriladi, ya’ni o‘zaro tenglashtiriladi, tartibga solinadi. Shu orqali valyuta biznesi pul tizimini muhim tartibga soluvchisi sifatida harakat qiladi. Agar arbitrajda ikkita valyuta ishtirok etsa, ikki tomonlama, uchta valyuta ishtirok etsa, uch tomonlama arbitraj deb nomlanadi. Uch tomonlama arbitraj kross-kurslar natijasida aniqlangan, turli bozorlardagi valyuta kurslarining o‘zaro mos kelmasligi hisobiga amalga oshiriladi va undan foyda olinadi. Masalan, bir bozorda quyidagi valyuta kurslari shakllangan: 1 USD = 1.6 CHF (Shveytsariya franki); 1 USD = 27.5 RUR (Rossiya rubli); 1 CHF = 16.5 RUR. Mazkur holat bo‘yicha quyidagi tartibda arbitraj operatsiyasini amalga oshirib foyda olish mumkin: 1. AQSh dollarini Rossiya rubliga sotiladi (1 USD = 27.5 RUR). 2. Rossiya rubliga Shveytsariya franki sotib olinadi (1.67 CHF (27.5/16.5) = 27.5 RUR). 3. Shveytsariya frankiga yana AQSh dollari sotib olinadi 1.67 CHF= 1.04 USD (1.67/1.6). Ushbu operatsiyadan ko‘rilgan foyda 0.04 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu qiymat bitim summasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik yiriklashib boradi. Ikki tomonlama arbitraj kabi uch tmonlama arbitraj ham qaysi moliyaviy markazda valyuta kursi past bo‘lsa, shu erda valyutaga bo‘lgan talabni doimo ortib borishiga sabab bo‘ladi. Qaerda valyuta kursi qimmat bo‘lsa, shu erda valyutalar taklifi ortib boradi. Natijada, valyutaviy ajbitraj operatsiyalari oqibatida global valyuta bozorida movozanatli kurs shakllanib boradi, moliyaviy markazlarda valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlarning yo‘qolishi hisobiga ularning o‘zaro integratsiyasi yanada kuchayyadi va yagona xalqaro valyuta bozorining ko‘lamini ortishiga sharoit yaratiladi. Xalqaro kompaniyalarning moliyaviy menejerlari kam xarajat va risk bilan valyuta bozoridagi qisqa va uzoq muddatli arbitraj operatsiyalari orqali kompaniyaga qo‘shimcha foyda keltirishlari mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling