Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Optsionning afzallik va kamchiliklari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
3. Optsionning afzallik va kamchiliklari.
Valyuta optsionlarining ommabopligi o‘sib, undan foydalanish borgan sari kengayib bormoqda. Banklar o‘z mijozlariga ularni sotishda faol qatnashishga harakat qiladilar. Optsionlarning afzalliklari. Standart optsionning afzalliklaridan biri – bu u bilan bo‘ladigan savdoni tashkil etish osonligida. Birjadagi optsion fyuchers shartnomalar savdosidagi qoidalar bilan tartibga solinadi. Optsion ikki maqsadda amalga oshiriladi: xedjirlash va spekulyatsiya. Boshqa muddatli bitimlardan farqli ravishda, optsion operatsiyasi optsion egasiga nafaqat uni sug‘urtalashga, balki unga narxning qulay o‘zgarishdan foydalanish imkonini ham beradi. Masalan, forvard va fyucherslarda bitta narxni qat’iy belgilashni talab qilinadi. Optsion bo‘yicha risk optsion sotuvchisi premiyasi bilan cheklangan va u narx o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa risklardan saqlangan. Xedjerlar, shuningdek, optsionni sotib, nisbatan tinch bozorda premiyani olishi mumkin. Premiya mahsulot qiymatining bir qismi bo‘lganligi uchun, mazkur mahsulotga to‘g‘ri investitsiyalashga nisbatan narx o‘zgarishi riskiga ko‘proq erishish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, birjadan tashqari optsion xaridorning xususiy talablarini qondira oladi. Optsion muddatli bitim sifatida investorlarga katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Strayk bahosi va tugatish sanasi har xil bo‘lgan, turli xildagi optsionlar kombinatsiyasidan foydalanib, investor o‘zi xohlaganidek risk darajasini qurishi mumkin. Ba’zi kombinatsiyalar faqatgina spekulyativ operatsiya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular investorga bozorda mos strategiyani shakllantirishga yordam beradi. Xedjing strategiyalarning mashhur usullaridan biri minmaks yoki kollar optsioni hisoblandi. U bir vaqtning o‘zida «pulsiz» put optsionini xarid qilish (sotishning minimal bahosini kafolatlaydi) va «pulsiz» kol optsionini sotishda (narxni belgilangan darajadan ortib o‘sishida ishtirok etishni cheklaydi) aks etadi. Koll optsionini sotishda premiya put optsionini xarid qilish harajatiga qisqaradi. Agar koll optsionini sotishdagi premiya put optsionini xarid qilish harajatlari bilan mos kelsa, optsion nol harajatli (zero cost collar) deb yuritiladi. Optsionlarning kamchiligi. Forvard operatsiyasi kabi bozor ishtirokchilari kredit riskiga duch kelishadi. To‘lanmasligi bois optsion shartnomalari birjadan tashqarida, asosan, to‘lov qobiliyati shubha tug‘dirmaydigan yirik bank va moliya korporatsiyalari tomonidan tuziladi. Valyuta optsionlarining quyidagi kamchiliklari mavjuddir: a) Baho. Valyuta optsionlari kompaniyalarni nafaqat yomon holatlardan, hatto, valyuta risklaridan ham himoya qiladi, balki ularga valyuta kurslarining “ijobiy” o‘zgarishidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu xizmat so‘zsiz qimmatli hisoblanadi. Mukofotning bahosi valyuta bilan qoplangan umumiy summaning 5 foiz atrofini tashkil qiladi, shunday bo‘lsada, summaning aniqligi kutilayotgan kursning ayirboshlanishi o‘zgarishiga bog‘liqdir. b) “Oldindan” to‘lovning zarurligi. Valyuta optsionlari uning tuzilish vaqtida to‘lanadi. Bu barcha kompaniyalarga yoqmaydi, chunki ular optsionni amalga oshirishni istasalar ham, ular har doim naqd pulga ega bo‘lmaydilar. v) Savdo optsionlarini barcha valyutalarga nisbatan olib bo‘lmaydi, shunday bo‘lsada, birjadan tashqaridagi optsionlar har qanday erkin konvertirlanadigan valyutaga erkin tarzda sotiladi. g) Birjadan tashqari optsionlarning muomalasi mavjud emasligi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muddatli operatsiyalar tijorat banklari uchun risk darajasi kam hisoblanadigan operatsiyalardan biri hisoblanadi. Chunki, ular mazkur operatsiyalarni xejerlashlari, ya’ni sug‘urta qilish imkoniyatiga egadirlar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling