Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Fyuchers bozori va uning iqtisodiyotdagi roli


Download 0.62 Mb.
bet62/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Fyuchers bozori va uning iqtisodiyotdagi roli.

Fyuchers operatsiyalarida ko‘pchilik broker firmalari, investitsiya institutlari, sanoat va savdo monopoliyalari, alohida investorlar ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda ushbu operatsiyalarda tijorat banklari katta rol o‘ynaydi. Buning uchun ular alohida maxsus shu’ba kompaniyalar yoki bo‘limlarni tashkil etadi.

Fyuchers operatsiyalarini tartibga solish (muvofiqlashtirish) birja rahbariyati, markaziy banklar va moliya vazirliklariga yuklatilgan. AQShda muddatli savdo bo‘yicha maxsus Federal komissiya tashkil etilgan.


Fyucherslar birjasidagi marja tizimi (kafolat badali) har qanday kamomadlarni qoplash imkonini beradi. Ushbu kamomadlar fyuchers kontraktlarining birjada kundalik asosda birja yopilishi paytiga qayta baholanishi oqibatida hosil bo‘ladi. Shu sababli kafolat badali birja savdosining ishtirokchisi tomonidan shartnoma amalga oshirilgunga qadar birjaga to‘lanishi lozim.
Masalan, sotib oluvchi birjada 30000 GBP hajmidagi 1 GBP = 1,5 USD kursida, ijrosi dekabrda (uchinchi chorshanba yoki navbatdagi birinchi ish kuni) bo‘lgan fyuchers kontraktini sotib olmoqda. Bu degani, tuzilayotgan kontraktning qiymati 45000 USD. Sotib oluvchi birjaga 1500 USD hajmida kafolat badalini to‘laydi. Birja o‘z navbatida har ish kunining oxirida ijro etilmagan kontraktlarni birjaning yopilishiga bo‘lgan kurs asosida qayta baholashni amalga oshiradi.
Agar ushbu ish kunining oxiriga GBPning kursi pasayib 1,48 USDni tashkil etsa, sotib oluvchi 600 USD hajmida zarar ko‘radi. Bunda birja sotib oluvchidan kafolat badaliga qo‘shimcha pul o‘tkazishni talab etmaydi. Chunki sotib oluvchining ko‘rgan zarari u hosil qilgan kafolat badali summasidan oshib ketmadi. Bizning misolimizdagi bo‘nak qoldig‘i 900 USD bo‘ladi. Bo‘nak badalini o‘tadigan marja hajmiga (1000 USD) etkazish maqsadida birjaga 100 USD o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Aksincha, kunlik qayta baholash natijasida foyda hosil bo‘lsa, unda u sotib oluvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi (minimal 1000 USD o‘tadigan marja saqlangan holda).
Fyuchers bozori – bu markazlashgan bozor bo‘lib, unda raqobatdoshlik asosida tovarni etkazib berishga fyuchers kontraktlari sotiladi va sotib olinadi. Muayyan tovarga bo‘lgan har bir kontrakt standartlashgan (ya’ni, kelishilgan muddatdan so‘ng, belgilangan qat’iy kunda, etkazib beriladigan ma’lum bir miqdor va sifatdagi tovarni namoyon etadi).21
Kontraktning barcha shartlari standartlashtirilganligi sababli muhokama etiladigan yagona narsa bu, tovarning bahosidir (u savdo zalida aniqlanadi).
Fyuchers bozorining iqtisodiyotdagi roli birinchidan, baholarni aniq belgilash, ikkinchidan xedjinglash uchun sharoit yaratish, ya’ni baho xavf-xatarlarini sug‘urtalashdan iborat.
Fyuchers kontrakti brokerning Hisob-kitob (kliring) palatasi oldida kelgusida ma’lum bir tovarni sotish yoki sotib olish haqidagi real majburiyati bo‘lib hisoblanadi.
Kelgusida etkazib beriladigan tovarning bahosi shartnoma tuzilayotgan paytda qayd etiladi.
Tovarga xaq to‘lanishi va tovarning etkazilishi kontraktda ko‘rsatilgan oyda hamda savdo Qoidalari bilan belgilangan kunlarda (etkazib berish oyning 28, 29, 30- sanalarida) amalga oshiriladi.
Fyuchers shartnomalar bozori ikki asosiy qulayliklarga ega: riskni xedjirlash orqali boshqarish va narxlarning shaffofligi. Xedjerlar fyuchers shartnomasidan narx riskining noqulayliklarini boshqalar zimmasiga, odatda foyda olish maqsadida faoliyat yuritayotgan spekulyantlarga yuklash maqsadida foydalanishadi.
Agar fyuchers bozori mavjud bo‘lganida narx riskini samarali boshqarish imkoni bo‘lar edi: jamiyat uchun risk qiymati yuqori bo‘lar edi.
Fyuchers shartnomasining yana bir afzallik tomoni uning bahosining shaffofligidadir, ya’ni bozorning haqiqiy muvozanatli narxni aniqlay olishida. Fyuchers shartnomalari bozorida markazlashgan savdo amalga oshiriladi, bunda bozorning barcha ishtirokchilari ma’lum mahsulot uchun talab va taklif to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lishlari mumkin. Nisbatan muvozanatga ega narxlardan foydalanish mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashga imkon beradi, chunki xaridor va ishlab chiqaruvchi joriy paytda kelajakka nisbatan qanday mahsulotni iste’mol qilish, qandaylarini ishlab chiqish, qanday ishlab chiqish va qancha iste’mol qilish kabi savollarga javob topishlari lozim.
Shu bilan birga fyuchers shartnomalari ham muayyan kamchiliklarga ega, jumladan andozalashganligi bilan, fyuchers shartnomalari xedjirlash ehtiyojlariga mos kelmasligi mumkin. Bunda xedjer bazis riskka, ya’ni fyuchers pozitsiyasi bo‘yicha daromad spot pozitsiyasidagi daromad farq qilishi bo‘yicha riskka uchrashi mumkin.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling