Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi.
- O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
- Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga yoki ularga doir cheklovlar joriy etishga haqli.
Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini muntazam ravishda belgilab boradi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki” to‘g‘risidagi qonunida uning valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarishining asosiy tartibi belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishi belgilandi: ijro etish O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy bo‘lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi; banklarga chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi; valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi; banklar uchun ochiq valyuta mavqei chegaralarini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi; milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va boshqaradi. Markaziy bankka o‘z nomidan yoki Hukumat topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring muassasalari bilan kliring hamda to‘lov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalarni tuzish huquqi berilgan. Markaziy bank o‘zining balans hisobvaraqlarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini, xususan oltin va boshqa qimmatbaho metallarni, naqd chet el valyutasini, chet el banklarida va xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda bo‘lgan chet el valyutasi qoldiqlarini, chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni shakllantirishi mumkin.Shu bilan birga, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish, xalqaro operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun etarli bo‘lgan darajada xalqaro rezervlar saqlab turilishiga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida mamlakatimizdagi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi banklar o‘z faoliyatlarida chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirishi, mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarni ochishi mumkin. Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli banklardir. Vakolatli banklar: O‘zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqei limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha bevosita o‘zaro, o‘z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirishga; O‘zbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega bo‘lishga; naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqlidir. Vakolatli banklar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling