Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 0.62 Mb.
bet32/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Real samarali valyuta kursi (real effective exchange rate, REER). Nominal samarali valyuta kursidan real tendentsiyalarni aniqlash, ya’ni inflyatsiya ko‘rsatkichlarini chiqarib tashlagan holda mamlakatlardagi ishlab chiqarish, iste’mol xarajatlarini solishtirish uchun real samarali valyuta kursi hisob-kitob qilinadi.
REER quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu erda:


–real samarali valyuta kursi;
i – i mamlakat ko‘rsatkichlari yig‘indisi;
i – tashqi savdoda hamkor mamlakat;
– tashqi savdo hamkori bo‘lgan har bir mamlakat bo‘yicha bazaviy yil valyuta kursi ( )ga nisbatan joriy yildagi real valyuta kursi ( )ni o‘zgarish indeksi;
– asosiy hamkor mamlakatlar bilan qilingan savdosi ( )ning mamlakat tashqi savdosi ( )dagi salmog‘i.
Agar milliy valyutaning real samarali kursi oshsa ushbu mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi kamayadi, ya’ni ekport tovarlari qimmatlashib, uning miqdori qisqaradi, import mahsulotlari esa, aksincha arzonlashib, miqdori ortib boradi.
Real samarali valyuta kursining rivojlanishi odatda nominal samarali valyuta kursining o‘zgarish tendentsiyasiga mos holatda harakatlanadi. Ular o‘rtasidagi katta o‘zgarishlar turli hamkor mamlakatlarda keskin holatda yuzaga kelgan yirik darajadagi inflyatsiya sur’atlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Valyutalarning xarid qobiliyati pariteti (purchasing-power parity (PPP)) asosida hisoblangan valyuta kursi – turli mamlakatlardagi sifati, miqdori va boshqa xususiyatlari bir xil bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning milliy valyutada ifodalangan qiymatni o‘zaro tenglashtirish orqali aniqlanadigan valyuta kursidir.
Valyutalarning xarid qobiliyati bo‘yicha kurslar odatda, iste’mol savati tovarlari narxlari bo‘yicha hisoblanadi, ya’ni:

Bu erda, – A mamlakat iste’mol savatidagi tovarlar va xizmatlarning jami bahosi; – V mamlakat iste’mol savatidagi tovarlar xizmatlarning bahosi.


Biroq, valyutalarning xarid qobiliyati pariteti valyuta kurslari bilan bog‘liq o‘zgarishlarini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Buning asosiy sabablarini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
1. Har ikki mamlakat iste’mol savatidagi o‘xshash tovarlarni bir xil deb hisoblanishi (ularni etishtirish, yaratish yoki tayyorlash tehnologiyalari va sharoitlari turlicha bo‘lishi, natijada sifati va narxi ham farq qilishimumkin);
2. Mamlakatlar iste’mol savatidagi tavarlar va xizmatlar turlari sonining har xilligi (bir mamlakatda 100 xil tovar va xizmatlar iste’mol savatiga kirsa, solishtiriladigan boshqa mamlakatda 500 xil va h.k.)
Valyutalarning xarid qobiliyati (yoki tovar) pariteti bilan birga mamlakatlaring valyuta munosabatlari taraqqiyotida valyutalarning oltin va valyuta paritetlari ham amalda bo‘lgan. Valyutalarning oltin-valyuta paritetlari jahon valyuta tizimidagi fiksirlangan (qat’iy) belgilangan kurslar rejimi paytida davlatlarning muomaladagi milliy valyutasini uning oltin-valyuta zaxirasiga nisbati orqali topilgan nisbatga aytilgan. Masalan, oltin tanga standarti (Parij, 1876-1913 yillar) davrida 1 untsiya oltin AQShda $20.67, Buyuk Britaniyada £4.2474ga tenglashtirilgan. Ya’ni ma’lum miqdordagi AQSh dollari yoki funt sterlingni bankka topshirilsa, belgilangan nisbat bo‘yicha ular zaxiradagi oltinga almashtirib berilgan. Yoki, Bretton Vuds valyuta tizimi (AQSh, 1944-1976 yillar) davrida 1 untsiya oltin $35ga almashtirib berilgan. Bu shakldagi valyutalarning oltin tarkibi valyutalarning oltin pariteti deb nom olgan. Shuningdek, valyutalarning oltin tarkibi, yoki oltin pariteti orqali valyuta kurslari ham aniqlangan. Xususan, ($20.67/ 1 untsiya oltin) / (£4.2474 / 1 untsiya oltin) = $4.8665/£.




  1. Download 0.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling