Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Valyuta munosabatlari tushunchasining mohiyati va uning asosiy ishtirokchilari


Download 0.62 Mb.
bet6/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

2. Valyuta munosabatlari tushunchasining mohiyati va uning asosiy ishtirokchilari
Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo‘lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o‘zining aksini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.
Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo‘lib, iste’molchilarni muomalaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Qog‘oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir.
Har qanday mustaqil davlat o‘z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o‘zining nomi va ma’lum bir muomala tarixiga egadir.
Ushbu fanimizni o‘rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz “pul” nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo pul hamma vaqt ham valyuta bo‘lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul (muomala, to‘lov va jamg‘arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya’ni pulning funktsiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.
Valyuta – bu davlatlarning jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi milliy pul birliklari hisoblanadi.
Alohida davlatning milliy puli – uning milliy valyutasi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning milliy pullari esa – xorijiy valyutalar sifatida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunining4 “Valyuta boyliklari” nomli 3-moddasida valyuta boyliklariga ta’rif berilgan, ya’ni “Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi”.
Chet el valyutasi muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul birliklari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lardir.
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir”.
Rossiya Federatsiyasining “Valyutani muvofiqlashtirish va valyuta nazorati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq xorijiy valyutalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-tegishli xorijiy mamlakat yoki mamlakatlarning bir guruxi hududida muomalada bo‘lgan hamda qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib hisoblangan banknota, kaznacheylik biletlari, tangalar ko‘rinishidagi pul belgilari hamda muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, biroq almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari;
-hisobvaraqlardagi xorijiy davlatlar pul birliklarida hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklarida ifodalangan mablag‘lar.
Valyutani quyidagi belgilarga ko‘ra tasniflash mumkin (1.1.rasm):
- emitent-mamlakatga qarab;
-xalqaro bozordagi foydalanish darajasiga qarab;
-boshqa valyutaga ayirboshlanish imkoniyatiga qarab;
-valyuta kursining barqarorlik darajasiga qarab;
-valyuta operatsiyasining turiga qarab.
Emitent-mamlakatga nisbatan olganda valyuta milliy, xorijiy va kollektiv valyutalarga bo‘linadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling