Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
-rasm. Xalqaro valyuta munosabatlari harakatining asosiy yo‘nalishlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
-rasm. Xalqaro valyuta munosabatlari harakatining asosiy yo‘nalishlari
Xalqaro valyuta munosabatlarining holati jahon iqtisodiyoti rivojlanishiga doimo bog‘liq bo‘ladi. Kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida jahon xo‘jaligiga qo‘shilish xalqaro valyuta, kredit, to‘lov-hisob-kitob, fond, investitsiya, sug‘urta va boshqa moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazishda pul kapitalining bir qismini milliy puldan xorijiy valyutaga o‘zgarishini anglatadi. 1990 yillar boshida jahon iqtisodiyoti va xalqaro valyuta munosabatlarida fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi real vaqt rejimida valyuta savdosi va kapitalning transchegaraviy ko‘chishi hajmlarini uzluksiz oshishini ta’minlovchi yangi elektron to‘lov tizimlarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Texnologik jihatdan rivojlanishning keyingi bosqichlarida bu jarayon moliyaviy sohada kapital harakatining jadallashuviga hamda xarajatlarning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Moliyaviy globallashuv natijasida xalqaro valyuta munosabatlarining barcha ishtirokchilari o‘z faoliyatida zamonaviy to‘lov tizimlaridan foydalanish, milliy standartlarni o‘zaro kelishgan holda uyg‘unlashtirish, nazorat tizimlarini takomillashtirishga erishdi. Xalqaro valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi hosila moliyaviy instrumentlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq jahon moliya bozorida tuzilmaviy o‘zgarishlarga olib keldi. Murakkab tuzilmaviy moliyaviy mahsulotlarning chiqarilishi va ularni xalqaro savdoning predmetiga aylanishi natijasida bank-kredit, sug‘urta, fond, tovar va ipoteka bozorlaridagi operatsiyalar bilan valyuta operatsiyalari kuchli bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Global valyuta oqimlari asta-sekin mustaqillik xususiyatiga ega bo‘ldi, shuningdek ularning harakati ishlab chiqarishning real sektoridan tashqarida sodir bo‘la boshladi. Global valyuta oqimlarining spekulyativ operatsiyalarda o‘sib borayotgan ishtiroki va risklarni xejirlash bo‘yicha operatsiyalar nomoliyaviy sektor korxonalarining unumdorlikni oshirish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, uzoq muddatli korporativ rejalashtirishga bo‘lgan intilishini kuchsizlantirdi. Chunki, spekulyativ operatsiyalarda ishtirok etish ularga ishlab chiqarish jarayonisiz qisqa muddatli foyda olish imkonini berdi. Xalqaro valyuta munosabatlarining funktsiyalari – bu faoliyatning aniq mexanizmlari orqali ular iqtisodiy mohiyatining ifodalanishidir. Xalqaro valyuta munosabatlarining funktsiyalarini bajarilish darajasi valyuta oqimlari harakatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro valyuta munosabatlari harakatining har bir yangi bosqichi xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining asosiy va eng muhim funktsiyalari quyidagilar hisoblanadi: valyuta oqimlarini jamg‘arma shaklida to‘plash va ularni investitsiyalash; valyuta resurslariga narxlarni shakllantirish. Valyuta oqimlarini jamg‘arma shaklida to‘plash va ularni investitsiyalash funktsiyasining iqtisodiy mohiyati xalqaro valyuta munosabatlari tizimi omonat va jamg‘armalarni bozor oldi-sotdi usullari orqali investitsiyalar bilan birlashtirish uchun obyektiv sharoit yaratadi. Xalqaro valyuta munosabatlari tufayli jamg‘armalar investitsiyaga yo‘naltiriladi hamda harakatdagi kapitalga aylanadi. Investitsiyalash valyuta jamg‘armalari egalari tomonidan ularga tegishli moliyaviy aktivlarni davlat va kompaniyalarga valyuta daromadi olish maqsadlarida foydalanishga berish orqali ifodalanadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling