Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy valyuta kursining rejimi
Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari. Konvertatsiya – bu, milliy valyutani xorijiy valyutalarga ayirboshlnishi tushuniladi. Konvertatsiya shartlariga ko‘ra milliy valyutalar:
-erkin konvertatsiya qilinadigan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda valyuta cheklovlari yo‘q bo‘lib, milliy valyutalar xorijiy valyutalarga erkin konvertatsiya qilinadi. Xalqaro Valyuta Fondining yangi tahrirdagi Ustaviga (1978 y.) “erkin foydalaniladigan valyuta” tushunchasi kiritilgan. Xalqaro Valyuta Fondi ushbu toifaga AQShning dollari, Germaniyaning markasi, Yaponiyaning yenasi, Buyuk Britaniyaning funt sterlingi va Frantsiyaning frankini kiritdi. Haqiqatda olganda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar deb to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha valyuta cheklovlari mavjud bulmagan davlatlarning valyutalari hisoblanadi (bular asosan rivojlangan davlatlar va jahon moliya markazlari shakllangan yoki Xalqaro Valyuta Fondi oldida valyuta cheklovlarini kiritmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga olgan ayrim rivojlanib borayotgan davlatlar); -qisman konvertatsiya qilinadigan valyutalar, valyuta cheklovlari saqlanib qolgan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, milliy valyutani xorijiy valyutalarga konvertatsiyasi, davlat iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda, birmuncha cheklanadi; -xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilinmaydigan (yopiq) valyutalarga bo‘linadi. Ba’zi davlatlarda, siyosiy sabablarga kura, milliy valyutalar xorijiy valyutalarga umuman konvertatsiya qilinmaydi (SSRI, Shimoliy Koreya va Kuba davlatlari), ya’ni rezident va norezident shaxslar uchun valyuta almashtirishga ruxsat yo‘q. Milliy valyuta kursining rejimi. Valyuta kursining quyidagi rejimlari mavjud: -qat’iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o‘z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan xolda, ma’muriy tarzda, milliy valyuta kursini qat’iy belgilab qo‘yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat’iy belgilangan kurslar rejimi; -kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda, davlat o‘z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma’lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo‘ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi; -bozorning valyutaga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgarishi asosida erkin suzadigan kurslar rejimi va ularning turli ko‘rinishlari. Bunga, Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling