Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


-jadval “Yevro” valyutasi muomalada ishlatiladigan mamlakatlar


Download 410.89 Kb.
bet19/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
ХВМ

7.1-jadval

Yevro” valyutasi muomalada ishlatiladigan mamlakatlar



Mamlakat

Amalda bo‘lgan valyutasi

O‘tish muddati

Almashuv kursi

Yevrohudud

Avstriya

avstriya shillingi

1 yanvar 1999

13,7603 ATS

Belgiya

belgiya franki

1 yanvar 1999

40,3399 BEF

Germaniya

nemis markasi

1 yanvar 1999

1,95583 DEM

Irlandiya

irlandiya funti

1 yanvar 1999

0,787564 IEP

Ispaniya

ispaniya pesetasi

1 yanvar 1999

166,386 ESP

Italiya

italiya lirasi
vatikan lirasi
sanmariya lirasi

1 yanvar 1999

1936,27 ITL

Lyuksemburg

belgiya franki lyuksemburg franki

1 yanvar 1999

40,3399 LUF

Gollandiya

gollandiya guldengi

1 yanvar 1999

2,20371 NLG

Portugaliya

portugaliya eskudosi

1 yanvar 1999

200,482 PTE

Finlyandiya

finlandiya markasi

1 yanvar 1999

5,94573 FIM

Frantsiya

frantsuz franki monak franki

1 yanvar 1999

6,55957 FRF

Gretsiya

gretsiya drami

1 yanvar 2001

340,750 GRD

Sloveniya

sloveniya tolari

1 yanvar 2007

239,640 SLT

Kipr

kipr funti

1 yanvar 2008

0,585274 CYP

Malta

malta lirasi

1 yanvar 2008

0,429300 MTL

Slovakiya

slovakiya kronasi

1 yanvar 2009

30,1260 SKK

Estoniya

estoniya kronasi

1 yanvar 2011

15,6466 EEK

 Latviya

latviya lati

1 yanvarya 2014

0,702804 LVL

 Litva

litva liti

1 yanvarya 2015

3,4528 LTL

Yevropa ittifoqining a’zosi bo‘lmagan, lekin EMB bilan kelishgan holda yevroni ishlatuvchi mamlakatlar

 Andorra

frantsuz franki
ispaniya pesetasi

1 yanvar 1999 (norasmiy),
2012 yil 1 aprel (kelishuv asosida)

6,55957 FRF
166,386 ESP

Vatikan

italiya lirasi
vatikan lirasi
sanmariya lirasi

1 yanvar 1999

1936,27 VAL

Monako

frantsuz franki monak franki

1 yanvar 1999

6,55957 MCF

San-Marino

italiya lirasi vatikan lirasi
sanmariya lirasi

1 yanvar 1999

1936,27 SML

 Sen-Per va Mikelon

frantsuz franki

1 yanvar 1999

6,55957 FRF

Yevroni norasmiy tarzda ishlatuvchi mamlakatlar va hududlar

 Akrotiri i Dekeliya

kipr funti

1 yanvar 2008

0,585274 CYP

Kosovo

nemis markasi

1 yanvar 2002

1,95583 DEM

Sen-Bartelmi

frantsuz franki

1 yanvar 1999

6,55957 FRF

Sen-Marten

frantsuz franki

1 yanvar 1999

6,55957 FRF

Chernogoriya

nemis markasi

1 yanvar 2002

1,95583 DEM

Yagona valyutadan foydalanish bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Bir tomondan yevro risklarni almashuv kurslari bilan bog‘liq pasaytiradi, bu esa davlatlararo investitsiya munosabatlarini engillashtiradi. Risk valyuta hududida amalga oshiriladigan investitsiya chegarasida valyuta kurslarining o‘zgarishiga, hattoki, eksportga ham ta’sir ko‘rsatib, yuqori riskli holatlar kompaniyalar va xususiy sektor valyuta risklaridan himoyalanish uchun ishlab chiqilgan moliyaviy instirumentardan foydalanish yo‘llarini qidirishga olib keladi. Yagona valyutani muomalga kiritilishi bir valyutani boshqa bir valyutaga bank operatsiyalarini amalga oshirishdagi bank komissiya to‘lovlarini olib tashladi. Bunday operatsiyalardan tejamkorlik minglab operatsiyalarni hisobga olganda sezilarsiz edi.


Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga nisbatan yevrohududda yagona valyutani kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Yevropa Ittifoqi doirasida taqsimlanishi engillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirdi.
Nazorat savollari



  1. Valyuta tizimining qanday turlari mavjud?

  2. Jahon valyuta tizimi qanday funktsiyalarni bajaradi?

  3. Milliy va jahon valyuta tizimining elementlarini izohlang?

  4. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?

  5. Jahon valyuta tizimi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni izohlang?

  6. Oltin andozasi tizimi qanday shakllarda yuzaga keldi?

  7. Parij valyuta tizimi qanday tamoyillarga asoslangan edi?

  8. Genuya valyuta tizimining mohiyatini izohlang?

  9. Bretton-vuds valyuta tizimiga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan iborat?

  10. Yamayka valyuta tizimining asosiy jihatlarini izohlang?

  11. Yevropa valyuta tizimining rivojlanish bosqichlarini ayting?


4-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA TIZIMI

1. Respublika valyuta tizimi va uning elementlari.


2. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.


1. Respublika valyuta tizimi va uning elementlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga asosan Respublika mustaqil o‘z moliya-kredit tizimiga ega. Ushbu Qonundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston o‘z milliy pul birligi “so‘m”, ya’ni milliy valyutasi hamda valyuta tizimiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:
1) milliy valyuta va uning nomi;
2) milliy valyuta paritetini belgilash;
3) milliy valyutaning konvertatsiya shartlari;
4) milliy valyuta kursining rejimi;
5) xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni chegaralash (reglamentatsiya);
6) xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o‘rtasidagi nisbatni aniqlash;
7) mamlakat xalqaro xisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya);
8) milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatini rejimi;
9) valyuta cheklovlari;
10) valyuta munosabatlariga xizmat kursatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlarni ma’qomi.
Yuqorida zikr etilgan elementlar yigindisi, xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan, valyuta mexanizmidir.
Milliy valyuta va uning nomi – milliy valyuta tizimining asosi bo‘lib hisoblanadi, u qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda odatda xorijiy valyuta ishlatiladi, ya’ni boshqa mamlakatlarning erkin ayirboshlanadigan pul birliklari.
Milliy valyuta paritetini belgilash. Valyuta pariteti – bu, ikki valyuta o‘rtasidagi, qonuniy asosda belgilangan nisbatdir. Monometalizm davrida (oltin yoki kumush) valyuta kursining asosi bo‘lib tanga pariteti hisoblangan. Tanga pariteti – bu, turli mamlakatlar pul birliklarini o‘zidagi metall sig‘imiga ko‘ra o‘zaro solishtirish. Tanga pariteti tushunchasi valyuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi.
Oltin monometalizmi davrida valyuta kursi oltin paritetiga asoslangan edi. Bunda valyutalar o‘z zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo‘yicha o‘zaro solishtirilar edilar. Bu sharoitda valyuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar chegarasida stixiyali asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mexanizmi 2 shartning mavjudligi xolatida amal qilar edi, ya’ni oltinni erkin asosdagi oldi-sottisi va uning chetga cheklanmagan miqdorda erkin olib chiqilishi. Valyuta kursining tebranish chegaralari oltinni xorijga olib chiqish (transportirovka) xarajatlari bilan belgilangan va amalda paritetdan ±1%-dan oshiq bo‘lmagan. Oltinni xorijga olib chiqish xarajatlariga fraxt, sug‘urta, kapitalga foiz yo‘kotishlari, probani aniqlash va boshqa shu kabi xarajatlar kirgan. Oltin standartini bekor qilinishi bilan oltin nuqtalar mexanizmi o‘z harakatini to‘xtatdi.
Oltinga almashmaydigan kredit qog‘oz pullar sharoitida valyuta kursi asta-sekin oltin paritetidan uzoqlasha boshladi, chunki oltin muomaladan xazinaga siqib chiqarilgan edi.
1970 yilni o‘rtalarigacha valyuta kursining asosi bo‘lib valyutalarning zaminidagi oltin sig‘imi, ya’ni rasmiy baho masshtabi va oltin paritetlari, xizmat qilgan edi. Valyutalarning rasmiy baho masshtablari va oltin paritetlari, Ikkinchi jaxon urushidan so‘ng, Xalqaro Valyuta Fondida qayd etiladigan bo‘ldi. Valyutalar uzaro nisbatining o‘lchovi bo‘lib kredit pulda ifodalangan oltinning rasmiy bahosi edi. Ushbu baho, boshqa tovarlar baholari bilan birgalikda, milliy valyutalarninng qadrsizlanish darajasini kursatkichi bo‘lib xizmat qildi. Davlat tomonidan qayd etiladigan oltin rasmiy bahosini, uzoq vaqt davomida uning qiymatidan uzilib qolishi natijasida oltin paritetining sun’iylik xarakteri kuchaydi.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling