Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Gorizontal chegaralar doirasida bog‘langan valyuta kurslari (Pegged exchange rates within horizontal bands)


Download 410.89 Kb.
bet44/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
Bog'liq
ХВМ

4. Gorizontal chegaralar doirasida bog‘langan valyuta kurslari (Pegged exchange rates within horizontal bands).Valyuta qiymati qat’iy belgilangan markaziy kurs atrofida +/- 1%dan ko‘proq muayyan tebranish marjasi doirasida ushlab turiladi, yoki valyuta kursining maksimal va minimal qiymati o‘rtasidagi farq 2%dan oshishiga yo‘l qo‘yiladi. Mustaqil monetar siyosatni amalga oshirish imkoniyati valyuta kursining tebranish diapazoni kengligiga bog‘liq ravishda cheklanadi.
5. O‘rmalovchi bog‘langan valyuta kurslari (Crawling pegs). Valyuta vaqti-vaqti bilan belgilangan stavkada kichik miqdorda (odatda, uning mutloq qiymati markaziy kursga nisbatan 1%dan kichik) o‘zgaradi yoki tanlama miqdoriy indikatorlardagi o‘zgarishlarga javoban muvofiqlashtirilishi ko‘zda tutiladi. Bunda tanlama miqdoriy indikator sifatida yirik savdo hamkori hisoblangan mamlakatlardagi inflyatsion target va kutiladigan inflyatsiya o‘rtasidagi farqlar, tarixiy inflyatsion farqlar olinishi mumkin.O‘rmalash stavkasi inflyatsiya va boshqa indikatorlardan kelib chiqib yoki avvaldan e’lon qilingan qat’iy stavkada, yohud istiqboldagi inflyatsion farqlardan pastroq stavkada o‘rnatilishi mumkin.
6. O‘rmalovchi chegarali valyuta kurslari (Exchange rates within crawling bands).Bu rejim o‘rmalovchi bog‘langan valyuta kurslari o‘xshash bo‘lib, biroq unda valyuta kursi markaziy stavkadan kamida +/-1% muayyan tebranish farqi doirasida ushlab turiladi yoki valyuta kursining maksimal va minimal qiymati o‘rtasidagi farq 2%dan oshishiga yo‘l qo‘yiladi.
7. Avvaldan aniqlanadigan valyuta kursi yo‘lakchasiga ega bo‘lmagan boshqariladigan suzish rejimi (Managed floating with no predetermined path for the exchange rate).Monetar organ maxsus valyuta kursi yo‘lakchasi yoki targetsiz amaldagi valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Bunday kursni boshqarishda tanlanadigan indikatorlar keng va munozarali hisoblanadi (to‘lov balansi holati, xalqaro rezervlar, parallel bozorlarning rivojlanishi va h.k.).
8. Erkin suzish (Independently floating). Valyuta kursi valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllanadi. Monetar organlartomonidan valyuta kurslarining muvofiq darajasini belgilash emas, balki valyuta bozorida kurs o‘zgarishining maqbul darajasiga erishish va kursning ortiqcha tebranishini oldini olishga qaratilgan interventsion siyosatni amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mamlakat valyuta siyosatini olib borishda bir qator iqtisodiy nazariyalarga asoslaniladi. Xususan, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin.
1. Marshall - Lerner sharti (ingl.Marshall - Lerner condition, iqtisodchi olimlar Alfred Marshall va Abba Lerner nomlari bilan bilan bog‘liq) - xalqaro iqtisodiyotda eksport va import o‘rtasidagi farqni milliy valyutaning boshqa xorijiy valyutaga nisbatan kursning o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelishini, ya’ni milliy valyuta qadrini boshqa xorijiy valyutaga nisbatan pasayishi yoki devalvatsiyasi savdo (joriy operatsiyalar) balansida eksport operatsiyalarni rag‘batlantirib, ijobiy qoldiq shakllanishiga sabab bo‘lishini belgilaydi. Bu shart bajarilishi uchun xorijiliklar tomonidan eksportga bo‘lgan talab elastikligi13 va mamlakat iste’molchilarining importga bo‘lgan talabi elastikligi yig‘indisi 1 dan katta qiymatga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni:

Bu erda, - eksportga bo‘lgan tashqi talab elastikligi; - importga bo‘lgan ichki talab elastikligi.
Keyinroq, 1937 yilda Ya.Tinbergen “Biznes tsikli muammolariga ekonometrik yondashuv” nomli ilmiy ishida, import va eksport elastikligining yig‘indisi aksariyat hollarda 1 dan kichik bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda, Marshall-Lerner shartlari amaliyotda ba’zan bajarilmaydi va qisqa muddatli vaqt oralig‘ida devalvatsiya mamlakat savdo balansining yaxshilanishiga olib kelmaydi. Valyuta qadrining pasayishi, muvozanatning tiklaniishni sezilarsiz darajada rag‘batlantirishi mumkin.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling