Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet41/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Deviz siyosati. Markaziy bankning deviz siyosati muomaladagi xorijiy valyuta miqdoriga ta’sir etish orqali valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, chet el valyutasidagi aktivlar barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Valyuta interventsiyasi.Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan ko‘zlangan maqsad - valyuta kursining qisqa vaqt oralig‘ida, kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o‘zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat qila olmaydilar. Chunki, tijorat banklari, har yili ulkan miqdordagi mablag‘larni valyuta kursining o‘zgarishini chamalash, valyuta risklarini boshqarish maqsadlariga sarflaydilar. Buning ustiga, Markaziy banklar tijorat tuzilmalariga xizmat ko‘rsatmaydilar. Shu sababli, valyuta interventsiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zaxiralari yoki Markaziy banklarning banklararo “SVOP” bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
Valyuta interventsiyasi XIX asrdan boshlab qo‘llanila boshladi. Masalan, Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan. Oltin monometallizmi bekor qilingandan so‘ng, valyuta interventsiyasidan foydalanish keng tarqaldi. 1929-1933 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelgan sharoitda, Markaziy banklar valyuta dempingiga ko‘mak berish uchun o‘z valyutalari kursini tushirish maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar.
Valyuta interventsiyasi o‘tkazishning moddiy bazasi vazifasini, 1930-yillarda AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan, maqsadli valyuta fondlari - oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o‘tagan. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo‘nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir.
Brettonvud tizimi doirasida valyuta interventsiyasi, asosan, qat’iy belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o‘tkazilardi. Interventsiyani o‘tkazishda asosiy valyuta AQSh dollari bo‘lgani uchun, AQSh boshqa davlatlarga uning kursini ma’lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo‘ydi. Yamayka tizimida suzib yuruvchi valyuta kurslariga o‘tilgandan so‘ng, valyuta interventsiyasi, asosan, kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda, har qanday interventsiyaning oxirgi maqsadi, valyuta bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlaydi.
Valyuta interventsiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida, hukumat tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon’yunkturasining salbiy ta’siridan saqlashlarini ko‘rsatish mumkin.
Ko‘pgina Markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqdalar va kamroq xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar.
Oxirgi yillar davomida, etakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan valyuta interventsiyasini o‘tkazdilar. Bundan shu narsa aniq bo‘ldiki, alohida mamlakatlarning shartli interventsiyasiga nisbatan muvofiqlashgan interventsiyaning natijasi ta’sirchanroqdir.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling