Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet37/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Valyutaviy svop operatsiyalari – valyutalarni qayta sotib olish sharti bilan sotish, ya’ni ma’lum bir muddat valyutalarni o‘zaro almashinish operatsiyasidir. Valyutalarni xaridorga dastlabki sotish joriy, ya’ni spot kurs bo‘yicha, qayta sotib olish operatsiyasi esa, forvard kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Kelajakdagi forvard valyuta kursi LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR, London banklararo foiz stavkasi) orqali hisoblanadi. Svop bitimida valyutalarni sotish va ularni qaytarib sotib olish kurslarining har ikkalasi ham ko‘rsatiladi.
Svop kelishuvida bitim summasi va amal qilish muddati bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Mazkur holat, korxonalarga optsion yoki fyuchers operatsiyalariga qaraganda uzoq muddatli svop operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Svop bitimlarinng korxonalar uchun yana bir afzalligi valyuta riskini kamaytirish maqsadida valyuta zaxiralarini ma’lum muddat davomida divertsifikatsiyalash imkonini beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklari o‘zining valyuta zaxiralari va kursining barqarorligini ta’minlash, valyuta interventsiyalarini amalga maqsadida boshqa mamlakatlar Markaziy banklari bilan turli shakldagi svop operatsiyalarini amalga oshiradilar. Gold-svop operatsiyalari bunga misol bo‘ladi. Bunda ba’zi mamlakatlar markaziy banklari valyuta kursi barqarorligini ta’minlash maqsadida boshqa jahonda etakchi markaziy banklar bilan svop liniyalarini yo‘lga qo‘yishgan.
Svop bitimining o‘ziga xos afzalliklari bilan bir qatorda, kamchiliklari ham mavjud. Xususan ularni quyidagilarda ko‘rish mumkin.
1. Svop bitimini tuzishni xohlovchi, ya’ni valyutalarni qayta sotishni xohlovchi kontragentni topishning qiyinligi.
2. Kelishuv ikki tomonlama bitim shaklida rasmiylashtirilganligi bois, uni to‘xtatish, yoki bekor qilish ikki tomonning roziligi bilan amalga oshiriladi.
3. Svop bozorida bitimni kafolatlovchi tomon bo‘lmaydi. Bu esa, tomonlar o‘zaro bir-birlarining to‘lovga qobilligiga ishonch hosil qilgan holda bitimni tuzishi kerakligini ko‘rsatadi.
4. Bozordagi yakka, kichik ishtirokchilar uchun svop bitimini tuzish imkoniyati har doim ham bo‘lmaydi. Svop bitimi odatda, yirik transmilliy tashkilotlar, davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar o‘rtasida tuziladi.



Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling