Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Valyutalar bo‘yicha fyuchers bitimlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta optsioni.
Valyutalar bo‘yicha fyuchers bitimlari- bu kelajakdagi ma’lum bir sanaga ma’lum hajmdagi valyutani oldindan belgilangan kurs bo‘yicha oldi-sotdi qilish bitimidir. Bu jihatlari bilan ular forvard valyuta bitimlariga o‘xshaydilar, biroq, forvard bitimlaridan farqli o‘laroq, ular:
a) juda oddiy tarzda bekor qilinadi; b) valyutalar savdosibo‘yicha bitim qat’iy belgilangan standart summaga tuziladi (masalan, AQSh dollariga fyuchers bo‘yicha 25000 funt sterling, AQSh dollariga fyuchers bo‘yicha 125000 yevro va h.k.); v) rasmiy birjalarda sotiladi; g) fyuchers sotuvchilari fyuchers majburiyatlari bajarilishini kafolatlash uchun birja dilerlariga “pullik marja”ni to‘lashni ko‘zda tutishlari kerak. Bitimning tugallanishigacha qayta baholanish natijasida yuzaga keluvchi taqchillikni qoplashga kiritilishi lozim bo‘lgan marja tizimi — kafolatning a’zolik badali ta’minlaydi. Birjaga a’zo bo‘lish yoki birjada operatsiyalarni amalga oshirish istagini bildirgan har qanday tomon birjada bitimlarni amalga oshirishning huquqiy va amaliy jihatlari bilan tanishishi lozim. Yana shuni hisobga olish kerakki, tashkilot yoki rasmiy shaxs nomidan birjada qatnashayotgan birja a’zosi o‘zining birjaga birinchi kiritgan marjasidan ko‘proq marjani talab etishi mumkin. Bunga sabab, har kuni marjaga kerak bo‘lgan mablag‘ni so‘rab, tashkilotni bezovta qilmaslikdir. Bu asosan, bozor nihoyatda tez o‘zgaruvchan va nobarqaror holatda bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Valyuta optsioni. Valyuta optsioni uning xaridoriga ma’lum bir huquqni beradi, ayni paytda, uning zimmasiga kelajakdagi ma’lum muddatda belgilangan narx bo‘yicha xorijiy valyutaning muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish majburiyatini yuklamaydi. Optsionni sotuvchi xaridor oldida kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx bo‘yicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarini xarid qilish va sotish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Optsion xaridori (shuningdek, optsion egasi deb nomlanadi) ushbu operatsiyani amalga oshirish huquqini olish evaziga belgilangan miqdordagi pulni - vositachilik haqini to‘laydi. Optsion oldindan belgilangan muddatgacha kuchga ega bo‘ladi. Ushbu muddat ekspiratsiya sanasi deb ataladi. Valyuta optsioni birinchi marta 1982 yili Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan edi. Optsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug‘urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uning qanday ishlashini bilish lozim. Optsionlarning quyidagi ikkita asosiy turi mavjud: “koll-optsion” yoki xarid qilish uchun optsion; “put-optsion” yoki sotish uchun optsion. Masalan, koll-optsionning xaridori 1 AQSh dollariga 2300 so‘m nisbatdagi kurs bo‘yicha 100 AQSh dollarini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Put-optsionning xaridori esa, xuddi o‘sha shartlarda oldindan belgilangan muddatda, masalan, joriy oyning 30 sanasiga qadar ushbu narxlar bo‘yicha AQSh dollarini sotish huquqiga ega. Optsionning sotuvchisi koll-optsion holatida optsionni bajarishi, ya’ni sotishi lozim. Put-optsion holatida esa, optsion xaridori buni talab qilsa, muayyan tovarni sotib olishi shart, “hisob-kitob” optsioni bajarilgan holda foyda (zararlar) pul shaklida hisoblanadi. Valyuta optsionlari valyuta riskini kamaytirish va oldini olish maqsadida foydalaniladi. Agar ayirboshlanish kursining yaxshi tomonga o‘zgarishi yuz bersa, optsion import qiluvchi (eksport qiluvchi) undan daromad olish imkoniyatini tug‘diradi (bunda u forvard valyuta bitimlaridan import qiluvchi(eksport qiluvchi)ning qat’iy belgilangan kursga bog‘lanib qolishining oldini oladi). Shuningdek, optsionlarning amerika va Yevropa turlari mavjud. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling