Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
Amerika optsioni deb, odatda, optsionni harakat muddatini hohlagan vaqtida bajarilishiga aytiladi. Shuning uchun, optsionni harakat muddati uning birinchi va oxirgi hisob-kitob sanasi orasida o‘rnatiladi.
Yevropa optsioni deb, odatda optsionning faqat hisob-kitobning ma’lum bir oxirgi aniq davrida bajarilishiga aytiladi. Optsion bitimi bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun ikki ish kuni olinadi. Valyuta optsionlari turli moliya institutlarida rasmiylashtirilishi mumkin, xususan bankning mijozlari uchun yoziladigan-birjadan tashqari optsionlar va optsion birjalaridan sotib olish mumkin bo‘lgan -birja optsionlari. Birjadan tashqari optsionlar odatda bank tomonidan ishbilarmon mijozga yozilib, ularning eng asosiy kamchiligi - muomalasining yo‘qligi hisoblanadi. Mijoz optsionni bajarilish sanasigacha ushlab turishi yoki uni bajarishi, yoki uning muddatini o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishi kerak. Valyuta optsionlarining ommabopligi o‘sib, undan foydalanish borgan sari kengayib bormoqda. Banklar o‘z mijozlariga ularni sotishda faol qatnashishga harakat qiladilar. Lekin, valyuta optsionlarining quyidagi kamchiliklari mavjuddir: a) Baho. Valyuta optsionlari kompaniyalarni nafaqat yomon holatlardan, hatto, valyuta risklaridan ham himoya qiladi, balki ularga valyuta kurslarining “ijobiy” o‘zgarishidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu xizmat so‘zsiz qimmatli hisoblanadi. Mukofotning bahosi valyuta bilan qoplangan umumiy summaning 5 foiz atrofini tashkil qiladi, shunday bo‘lsada, summaning aniqligi kutilayotgan kursning ayirboshlanishi o‘zgarishiga bog‘liqdir. b) “Oldindan” to‘lovning zarurligi. Valyuta optsionlari uning tuzilish vaqtida to‘lanadi. Bu barcha kompaniyalarga yoqmaydi, chunki ular optsionni amalga oshirishni istasalar ham, ular har doim naqd pulga ega bo‘lmaydilar. v) Savdo optsionlarini barcha valyutalarga nisbatan olib bo‘lmaydi, shunday bo‘lsada, birjadan tashqaridagi optsionlar har qanday erkin konvertirlanadigan valyutaga erkin tarzda sotiladi. g)Birjadan tashqari optsionlarning muomalasi mavjud emasligi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muddatli operatsiyalar tijorat banklari uchun risk darajasi kam hisoblanadigan operatsiyalardan biri hisoblanadi. Chunki, ular mazkur operatsiyalarni xejerlashlari, ya’ni sug‘urta qilish imkoniyatiga egadirlar. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling