Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Valyuta siyosatining mohiyati va asosiy shakllari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta siyosati
- Valyutani tartibga solishning bevosita
- Tarkibiy valyuta siyosati
2. Valyuta siyosatining mohiyati va asosiy shakllari.
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U “ko‘p qirrali bashorat” (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, etakchi o‘rin egallaydi. Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o‘rni bilan aniqlanadi. Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo‘lib XVF hisoblanadi. Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralarning o‘rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo‘ladigan munosabatlarni tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlarni tuzish kiradi. Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta’sir etiladi. Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan: Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi. Jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSh, G‘arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyo (Yaponiya, Xitoy, Koreya, Singapur, Malayziya). Jahondagi etakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya’ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o‘zgarishining beqarorligi. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi. Valyuta siyosati maqsad va amalga oshirish muddatiga ko‘ra tarkibiy va joriyga bo‘linadi. Tarkibiy valyuta siyosati- jahon valyuta tizimi tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Joriy valyuta siyosati- valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling