Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet49/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Nomi

Standart belgisi

Tuzilish sanasi

Valyutalashtirish sanasi

Davr

Yakunlanish sanasi

Overnight

o/n

Bugun

Bugun

1 kun

Ertaga

Tom/next

t/n

Bugun

Ertaga

1 kun

Ertadan keyin

Tom/week

t/w

Bugun

Ertaga

1 hafta

Ertaga + 7 kun

Spot







2-ish kuni







Spot/next

s/n

Bugun

2-ish kuni

1 kun

3-ish kuni

Spot/week

s/w

Bugun

2-ish kuni

1 hafta

Spot + 1 xafta

Spot/month

1 m

Bugun

2-ish kuni

1 oy

Spot + 1 oy

Spot/3 mth

3 m

Bugun

2-ish kuni

3 oy

Spot + 3 oy

Spot/6 mth

6 m

Bugun

2-ish kuni

6 oy

Spot + 6 oy

Spot/year

12 m

Bugun

2-ish kuni

1 yil

Spot + 1 yil

Kassa bitimlarida yakuniy hisob-kitob sanasining to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kassa (“kesh”) atamasi odatda hisob-kitoblar, shartnoma shartlari kelishiladigan kunda amalga oshadigan valyuta shartnomalariga aloqadordir. Bu atama asosan Shimoliy Amerika va valyuta sotib olish uchun ushbu bozorlar xizmatlariga murojaat etadigan mamlakatlar bozorlarida, ular uchun qulay soat poyaslari mavjudligi sababli ishlatiladi. Yevropa va Sharqiy bozorlarda kassa bitimlari “shu kunda hisob-kitobi bilan shartnomalar” deb ataladi.


Valyuta bozori valyuta almashuvi operatsiyasida ishtirok etayotgan taraflardan birontasi ham boshqa tarafga kredit bermayotganligini kafolatlaydigan, kompensatsiya qilingan qiymat tamoyili asosida harakat qilayotganligi, spot sanasi to‘g‘ri (aniq) belgilanishining muhimligini ko‘rsatadi. Bu degani London banki funtlarni to‘layotgan kunda Amerika banki AQSh dollarlaridagi uning ekvivalentini to‘lashi kerak. Ammo shunga qaramasdan, ikkala to‘lov ham tegishli benefitsiarlar tomonidan bir vaqtda olinishini amalda kafolatlab bo‘lmaydi. Vaqtdagi (soatlar) 5 soatlik farqlarni hisobga olib Nyu-York bankida eshiklar endi ochilayotgan paytda London banki kliring uchun yopiladi. Bunda London banki Nyu-York bankiga kunduzgi overdraftni taqdim etishga majbur bo‘ladi.
Rivojlangan pul bozorlarida foiz faqat sutkalik overdraftga hisoblanadi, kunduzgi overdraft holatida (kun mobaynidagi overdraftga) esa foiz hisoblanmaydi. Spot sanasiga ham agarda u dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa ma’lum bir tuzatishlar kiritilishi mumkin. Faraz qilaylik, shartnoma juma kuni amalga oshirilgan bo‘lsa, unda spot kuni kelasi haftaning seshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Agarda, Nyu-York banki uchun dushanba dam olish kuni bo‘lsa muammo tug‘iladi (London banki Nyu-York banki bilan kontraktli munosabatlarga kirgan bo‘lsa). Agar Nyu-Yorkda dushanba dam olish kuni bo‘lib, London banki bu xaqda unutib qo‘ygan bo‘lsa, unda Nyu-York banki seshanbaga emas, balki chorshanbaga to‘g‘ri keladigan spot kunini Nyu-Yorkchasiga belgilaydi. Londondagi diler esa Nyu-Yorkdagi diler seshanbani spot kuni deb belgilaganini odatdagi hol deb qarashi mumkin, chunki bu kun Londonda spot kunidir. Seshanba kuni London banki, Nyu-Yorkda AQSh dollaridagi ekvivalentni olishni ko‘zlab, 1000000 GBPni to‘laydi va Nyu-Yorkdagi bank bu pullarni faqat chorshanba kuni to‘lashini aniqlaydi. Agarda Nyu-York banki London bankiga kotirovka olishga murojaat etganida vaziyat boshqacha bo‘lar edi, chunki bu holatda hisob-kitob kuni London kalendari bo‘yicha aniqlanar edi hamda dushanba Nyu-Yorkda dam olishi kuni bo‘lishi mumkin, ammo bunda Londondagi bankda ish kuni bo‘lganligi sababli spot kuni sifatida seshanba belgilanishi mumkin.
Shunday qilib, kotirovkani amalga oshirayotgan bank mamlakatidagi bank ish kunlari spot kuni belgilanishini aniqlab beradi. Shuning uchun shartnomadagi taraflardan biri o‘zining belgilagan spot kuni respondent tomonidan belgilangan spot kuniga to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Spot-bitim amalga oshiriladigan kurs spot-kurs deb ataladi, hisob-kitoblar sanasi esa — valyutalash sanasi yoki «valyutalash spot sanasi» deyiladi. Shu sanada bitim tomonlarining xar biri kontragent hisobvarag‘iga mablag‘ kiritishi lozim.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling