Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Spot shartlari asosida kross-kurslarni hisoblash


Download 410.89 Kb.
bet51/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Bog'liq
ХВМ

3. Spot shartlari asosida kross-kurslarni hisoblash.
Kross-kurslar bu — ikki valyuta o‘rtasidagi kurslar bo‘lib, ular shu valyutalarning har birining kurslarini uchinchi valyutaga nisbatan olinganidan xosil bo‘ladi. Asosan bu holatda uchinchi valyuta AQSh dollari bo‘ladi.
Misol: USD /JPY = 106,20-106,25
USD /CHF = 0,91-0,96
USD ga nisbatan ushbu kurslardan biz yena va shveytsariya franki o‘rtasidagi kross-kursni hisoblab chiqarishimiz mumkin.
Kross-kursda bazaviy valyuta sifatida odatda ko‘proq qiymatga ega bo‘lgan valyuta qabul qilinadi. Bizning holatda bu CHF. Demak, shveytsariya frankining yapon yenasidagi kursini aniqlab olish lozim (CHF /JPY). Bu misolda market-meyker shveytsar franklarini sotib oladigan va yenalarni sotadigan narx Bid tomoni, ya’ni xarid narxi bo‘ladi.
Modomiki, bevosita CHF /JPY bozori mavjud emas ekan, bu bitim ikki bosqichda AQSh dollari orqali o‘tkaziladi. Market-meyker quyidagi amallarni bajarishi lozim:
1) AQSh dollariga ayriboshlash evaziga shveytsar franklarini sotib olish.
Kurs USD / CHF = 0,91/96, demak, market-meyker 0,96 kursni kotirovkalaydi;
2) AQSh dollariga ayriboshlash evaziga yenani sotish.
USD / JPY kursi 106,20/ 25ga teng, Modomiki, dollar (bazaviy valyuta sifatida) sotilar ekan, bank Bid 106,20 tomonni kotirovkalaydi.
Bid tomon CHF /JPY uchun 106,20 / 0,96 = 110,62 JPY uchun 1 CHF
Offer tomoni (ya’ni sotish narxi) bu — market —meyker bazaviy valyutani, bizning misolimizda CHF ni sotadigan va kotirovkalash valyutasini, ya’ni JPY ni sotadigan narx.
Market-meyker bunday operatsiyaki AQSh dollari ishtirokida bitimni amalga oshirish orqali ikki bosqichda o‘tkazishi mumkin:
1) CHF ni sotadi va dollar sotib oladi.
0,91/96 kotirovka USD xarid kursi 0,91 bo‘ladi.
2) Bir dollarga 106,25 yen kurs bo‘yicha yenalarni sotib oladi va AQSh dollarini sotadi. USD/ JPY kursi 106,25/0,91=116,76 JPY ga 1 CHF ni tashkil etadi.
Shunday qilib, CHF /JPY kross kursi: 110,62-116,76ni tashkil etadi.
Kross-kurslarni hisob-kitob qilishda qaysi valyuta uchinchi valyutaga nisbatan kotirovkalarda qaysi kurs bo‘yicha sotib olinayotgani yoki sotilayotganini aniq belgilab olish lozim.
Turli valyutalar bazaviy bo‘lib hisoblanishiga misol:
GBP/USD = 1,8250/55
USD/JPY = 107,90/95
GBP — USD kursi quyidagi tarzda hisoblanadi:
Market-meyker Bid tomonini olish uchun:
— 1,8255 kurs bo‘yicha dollarga funt sterling sotib oladi;
— 107,90 kurs bo‘yicha yenalarin sotadi va dollar sotib oladi;
— Bid 1,8250 x 107,90=196,92
GVR kotirovkalash bazasi sifatida qabul qilinadi.
Market-meyker Offer tomonidan olish uchun;
— 1,8255 kurs bo‘yicha USD evaziga GBP sotadi;
— 107,95 kurs bo‘yicha JPY sotib oladi va USD sotadi;
— Offer = 107,95 x 1,8255=197,06
GBP/JPY kross-kursi GBP/JPY=196,92-197,06ni tashkil etadi.
Xalqaro bozorlarda o‘tkaziladigan spot shartlaridagi bitimlarning umumiy hajmida asosiy qismini, ya’ni 90 foizdan ortig‘ini-chayqovchilik maqsadidagi bitimlar egallaydi. Operatsiyalarni amalga oshirishda dilerlar muayyan omillarga tayanib, maksimal foyda olish va xatarlardan sug‘urtalanish maqsadida o‘z faoliyatlari strategiyasini ishlab chiqadilar.
Kross-kurslarda AQSh dollari bo‘lmasa ham savdo qilinayotgan va kotirovka qilinayotgan valyutaning dollarda ifodalangan kurslari kross-kurs hisob-kitobi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri va teskari kotirovkalarning hisob-kitoblari bir biridan farq qiladi.



Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling