Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-BOB. VALYUTAVIY SVOP OPERATSIYALARI
Nazorat savollari
Optsion shartnomasining mohiyati va ahamiyatini izohlang. Ekspiratsiya sanasining mohiyati nima? Optsionlarning qanday turlari mavjud? Amerika optsionining mohiyati qanday? Yevropa optsionining mohiyati qanday? Birjadan tashqari va birja optsionlarining mohiyatini izohlang. Optsionning “strayk” bahosi nima? Sotib olishga optsionning mohiyatini izohlang. Sotishga optsionning mohiyatini izohlang. Optsion bahosi qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi? Optsionning muddati nima? Optsion kursining mohiyatini izohlang. “Ichki qiymat” tushunchasidan kelib chiqqan holda optsionlar qanday tasniflanadi? Optsion va forvard kontraktlari o‘rtasida qanday asosiy farqlar mavjud? Optsionlarning qanday afzallik va kamchilik tomonlari mavjud? 13-BOB. VALYUTAVIY SVOP OPERATSIYALARI Valyuta operatsiyalari mohiyati va ularning klassifikatsiyasi. Valyuta birjasining savdo tizimi. Valyuta operatsiyalari mohiyati va ularning klassifikatsiyasi O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 2003 yil 11 dekabrda tasdiqlangan “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonunga muvofiq valyuta boyliklari, valyuta operatsiyalari va chet el valyutasi bilan bog’liq bo’lgan hosila moliyaviy vositalar to’g’risida quyidagicha ta’rif berilgan: Valyuta boyliklari - chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar, chet el valtasidagi to’lov hujjatlari va sof quyma oltin hisoblanadi. Chet el valyutasi muomalada bo’lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to’lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko’rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo’lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisob varaqlarda va omonatlarda bo’lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag’lardir. Chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar "Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog’ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir. Valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi: valyuta boyliklariga bo’lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o’zga shaxsga o’tishi hamda valyuta boyliklarini to’lov vositasi sifatida ishlatish bilan bog’liq operatsiyalar; valyuta boyliklarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va Xalqaro bank amaliyotida svop operatsiyalari tez-tez amalga oshirilib turadi. Ular yordamida banklar moliyalashtirish bazasini kengaytiradilar va kamroq xarajatlar evaziga valyutalarning talab qilinadigan jamlanmasiga erishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Valyutaviy svop operatsiyasi bu bitimda belgilangan muddat va valyuta kursi bo’yicha hisoblashish sharti asosida valyutalarni bir vaqtda sotib olish va sotish bo’yicha ikki tomonlama bitimdir. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling