Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-BOB. NAQD PUL (VALYUTA) O’TKAZMALARI VA ULARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
- Xalqaro pul o’tkazmalari mohiyati va mazmuni
Nazorat savollari
1.Svop (“Svop”) operatsiyasi va svop kursga ta’rif bering? 2.Valyuta pozitsiyasi va uning turlariga ta’rif bering? 3.Kross-kursning mohiyatini izohlang? 4.Respublika valyuta birjasi to’g’risida nimalarni bilasiz? 5.Mamlakat valyuta siyosatini olib borish bo’yicha qanday iqtisodiy nazariyalarni bilasiz? 14-BOB. NAQD PUL (VALYUTA) O’TKAZMALARI VA ULARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI Xalqaro pul o’tkazmalari mohiyati va mazmuni. Naqd pul (valyuta) o’tkazmalari turlari va tariflari. Xalqaro pul o’tkazmalari mohiyati va mazmuni Xalqaro pul o’tkazmalari - dunyodagi jismoniy shaxslarning mablag’larini juda qisqa vaqt ichida o’tkazish imkonini beruvchi noyob bank mahsulotidir. Pul jo’natmasi yuqori himoya darajasiga ega bo’lib, har qanday masofaga sanoqli daqiqalar ichida va naqd pulda faqatgina ko’rsatilgan shaxsga berilishi kafolatlangan holda amalga oshiriladi. Jo’natma uchun vositachilik haqini faqatgina pul jo’natuvchi to’laydi. Siz pul o’tkazmasini qaysi usul orqali amalga oshirishingiz maqsadi, miqdori, o’tkazmani qabul qiluvchi davlat nomi shuningdek, pul o’tkazmasini amalga oshirish vositachilik xaqi miqdoriga ko’ra tanlashingiz mumkin. O’tkazmani olayotganingizda Siz nazorat raqamini, pul o’tkazmasining miqdorini, shuningdek jo’natuvchining ma’lumotlari va chiqish mamlakatini ko’rsatishingiz kerak. O’zbekistonga jo’natilgan pul o’tkazmalari aprelning dastlabki 8 ish kunida mart oyining mos davriga nisbatan 3 barobarga qisqargan. Mart oyida eksport tushumlari 10 foizga kamaygan. Markaziy bank izohiga ko’ra, shu va boshqa sabablar AQSh dollarining so’mga nisbatan almashuv kursi oshishiga olib kelmoqda. Aprel oyida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi oy boshiga nisbatan 1,8 foizga oshib, 9 762 so’mni tashkil etdi (yil boshiga nisbatan 2,7 foizga). Markaziy bank ushbu holat yuzasidan izoh berdi. Markaziy bankning ma’lum qilishicha, so’mning birja kursining o’zgarishi talab va taklifning ichki va tashqi omillari ta’sirida, birinchi navbatda, joriy operatsiyalar hisobvarag’i o’zgarishi asosida shakllanadi. Koronavirusga qarshi ko’rilayotgan choralar oqibatida savdo hamda investitsiyalar bilan bog’liq operatsiyalar sekinlashgan, bu o’z navbatida, import-eksport hajmlarining qisqarishiga va mos ravishda ichki valyuta bozorida faollikning pasayishiga olib kelgan. Ma’lumotga ko’ra mart oyida eksport tushumlari hajmi oldingi oyga nisbatan 10 foizga kamaygan. Karantin choralari va iqtisodiy faollikning sekinlashishi, shuningdek, Rossiya va Qozog’istonda milliy valyutalar kursining devalvatsiyasi tufayli transchegaraviy pul o’tkazmalarida ham pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Mart oyida mamlakatga kirib kelgan pul o’tkazmalari hajmi 296 mln. dollarni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 23 foizga pasaygan bo’lsa, aprelning dastlabki 8 ish kunida mart oyining mos davriga nisbatan 3 barobarga qisqargan. Ushbu omillar jismoniy shaxslar bilan operatsiyalar segmentida so’mning almashuv kursi bo’yicha ma’lum nisbatan kutilmalarning shakllanishiga olib kelgan. Mart oyidan boshlab aholi tomonidan xorijiy valyuta sotib olish hajmining sezilarli darajada o’sishi kuzatilmoqda. Xususan, mart oyida jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish hajmining oylik o’sishi 45 foizni tashkil etgan bo’lsa, aprelning dastlabki 8 ish kunida sotib olish hajmi o’tgan oyning mos davriga nisbatan 28 foizga ko’paygan. Sanab o’tilgan omillar, shuningdek, asosiy savdo hamkorlar milliy valyuta kurslarining sezilarli darajada qadrsizlanishi natijasida ichki valyuta bozorida milliy valyuta kursining ma’lum darajada qadrsizlanishi va shunga mos ravishda so’mning asosiy savdo hamkorlar valyutalariga nisbatan real effektiv almashuv kursi tafovutining qisqarishi kuzatilmoqda. Mart oyidan boshlab Rossiya rublining AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 10,3 foizga, qozoq tengesi — 12 foizga, turk lirasi — 7,6 foizga va qirg’iz somi — 11,2 foizga qadrsizlangan. Markaziy bank so’m almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda. Dastlabki prognozlarga ko’ra, qisqa muddatli davrda so’m almashuv kursi ma’lum bir kichik o’zgarishlardan keyin o’zining fundamental trendiga yaqin darajada shakllanadi. Shu bilan birga, Markaziy bank tijorat banklari kassalarida konverciya operatsiyalarini amalga oshirish uchun etarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjudligini va barcha banknotalar dezinfektsiya qilinganligini ma’lum qilgan. Banklarning ayirboshlash shaxobchalari odatdagi rejimda ishlamoqda va naqd xorijiy valyutani sotish va sotib olish bo’yicha hech qanday cheklov va to’siqlar o’rnatilmagan. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling