Unistream
Yunistrim tizimi – bu Rossiya, MDH davlatlari va butun dunyo bo’ylab pul o’tkazmalaridir. Yunistrim xalqaro pul o’tkazmalari tizimining 100 ga yaqin mamlakatdagi 330000 dan ortiq xizmat ko’rsatish shahobchalari orqali dunyoga pul mablag’larini jo’natish va olish imkoniyatini beradi.
Ushbu tizimning afzalliklari:
o’tkazmani olish tezligi (10 – 15 daqiqa ichida)?
quyi darajadagi tariflar (0,1 – 2 %);
oluvchi tomonidan xarajatlar qilinmasligi;
o’tkazmani rasmiylashtirishning qulay va osonligi;
pul o’tkazmalarining naqd pul shaklida qabul qilinishi va berilishi.
Yunistrim o’tkazmalarini jo’natish/olish uchun nimalar zarur
Pul o’tkazmasini amalga oshirish uchun jo’natuvchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
o’zi bilan birga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasiga ega bo’lish.
zaruriyat bo’lgan hollarda (jo’natuvchi mamlakatning qonunlariga muvofiq) valyutani manbaasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish.
amaliyotlarni amalga oshiruvchi xodim elektron ko’rinishdagi “O’tkazma arizasi”ni to’ldiradi va imzolash uchun jo’natuvchiga beradi.
Pul o’tkazmasini olish uchun oluvchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
o’zi bilan birga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasiga ega bo’lish;
o’tkazmaning nazorat raqamini bilish;
amaliyotlarni amalga oshiruvchi xodim elektron ko’rinishdagi “Pul o’tkazmasini olish arizasi”ni to’ldiradi hamda imzolash uchun oluvchiga beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |