Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Visa uch turda bo’ladi: Electron
Xalqaro plastik kartalar turlari
Mamlakatimiz banklari quyidagi xalqaro plastik kartalar turlarini taklif qiladi. 1.O’zbekistonda MasterSard 2 turda: Maestro – boshlang’ich darajadagi karta, u bo’yicha barcha operatsiyalar majburiy elektron avtorizatsiya va PIN-kodni kiritish bilan amalga oshiriladi, bu esa karta xavfsizligi darajasini oshiradi. Kartadan MasterCard, Tsirrus va ES Yevropa tarmog’i xalqaro bankomatlar tizimidan naqd pullarni echib olish mumkin. Shuningdek u Maestro va EDC Yevropa tizimi xalqaro tizimlari terminallari o’rnatilgan barcha joyda xarid uchun to’lovni amalga oshirish imkonini beradi. Standard– Internet orqali xarid qilish mumkin emas. Buning uchun yaxshisi MasterCard Standard kartasidan foydalangan ma’qul. Bu karta funktsiyalarning standart to’plamini o’z ichiga oladi va Maestro dan ancha yuqori darajadagi himoya bilan farq qiladi. U bilan mehmonxonani, chiptalarni bronlash va to’lovni amalga oshirish, hatto ta’lim uchun to’lovni amalga oshirish, bankomatlardan naqd pul echib olish, xarid qilish hamda xizmat uchun hisob-kitobni amalga oshirish mumkin. Operatsiyalarni amalga oshirish uchun avtorizatsiya talab etilmaydi. Standard kartalarni qabul qiluvchi xizmat ko’rsatish shoxobchalarining miqdori Maestro kartalarini qabul qiladiganlarga nisbatan ko’proq. 2.Visa uch turda bo’ladi: Electron – o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, har qanday operatsiya karta rekvizitlari, uning amal qilish muddatlari va karta hisobvarag’ida etarlicha mablag’lar mavjudligi elektron tarzda tekshirilgandan keyingina amalga oshiriladi. Shu tufayli Visa Electron eng himoyalangan va juda ommalashgan karta hisoblanadi; Classic - Visa logotipi bo’lgan deyarli barcha shoxobchalarda to’lov uchun qabul qilinadi. Uning yordamida siz Internet yoki telefon bo’yicha xarid uchun to’lovni amalga oshirishingiz mumkin. Undan ham elektron, ham mexanik to’lov terminallari hamda bankomatlarda foydalanish mumkin. Karta yordamida mehmonxonalarda nomerni, aviachiptalarni va boshqa tovarlarni bronlash mumkin; Gold – Ushbu karta saqlovchilariga Visa Electron va Visa Classic kartalari saqlovchilariga nisbatan ancha yuqori darajadagi servis ko’rsatiladi. Ko’pgina do’kon va restoranlar Visa Gold saqlovchilari uchun muayyan imtiyozlar taqdim qiladi. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling