Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet22/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Nazorat savollari

  1. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini qanday tartibda amalga oshiriladi?

  2. Joriy xalqaro operatsiyalar, shuningdek savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan pul jo‘natmalari turlarini aytib bering?

  3. Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari amalga oshirish tartibini aytib bering?

  4. Mamlakatimizda milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi qanday belgilanadi?

  5. O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki valyutani tartibga solish doirasida qanday vazifalarnibajaradi?

  6. Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar qanday valyuta operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin?

  7. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  8. Mamlakatimiz hududida qanday hisob-kitoblar va to‘lovlar chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin?


5-BOB. VALYUTA KURSI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR



    1. Valyuta kursining mazmuni va turlari.

    2. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar.

    3. Valyuta kursi o‘zgarishining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri.




  1. Valyuta kursining mazmuni va uning turlari.

Valyuta tizimining muhim elementi bo‘lib valyuta kursi hisoblanadi, chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi turli mamlakatlar valyutalari qiymat jihatidan taqqoslamasini o‘lchashni talab etadi. Shuning uchun valyuta kursi quyidagilar uchun zarurdir:


-tovarlar va xizmatlar bilan savdoda, kapitallar va kreditlar xarakatida valyutalar bilan o‘zaro almashinish uchun. Eksportyor tushum sifatida olingan xorijiy valyutani milliy valyutaga almashtiradi, chunki mazkur davlat hududida boshqa davlatlarning pul birliklari pul sifatida xarakat qila olmaydi. Importyor esa xorijdan sotib olingan tovarlarga haq to‘lash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtiradi. Qarzdor shaxs tashqi qarzlari bo‘yicha qarzdorligini so‘ndirish va foizlarini to‘lash maqsadida xorijiy valyutani milliy valyuta evaziga sotib oladi;
-milliy yoki xorijiy valyutalarda ifodalangan jahon va milliy bozorlar baholari hamda turli mamlakatlar qiymat ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirish uchun;
-firmalar va banklarning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini davriy asosda qayta baholash uchun.
Tovarlar va xizmatlar bilan xalqaro savdoning kengayishi ko‘pchilik davlatlar chegaralarini geografik xaritadagi shartli chiziqlarga aylantirib yubordi. Biroq ushbu davlatlarning valyutalari mustaqil bo‘lib, ularning iqtisodiyotlarini tarkibiy, ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Valyutalari erkin konvertatsiya qilinadigan iqtisodiy tizimlarda valyuta kurslarining ayirboshlanish darajasi milliy eksport tarmoqlarining muvaffaqiyatini va boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovar hamda xizmatlar baholari darajasining hal qiluvchi omili bo‘lib hisoblanadi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi sharoitida banklar va tadbirkorlar ushbu muvozanatsizlik bilan bog‘liq xavf-xatarlarni boshqarishda katta qiyinchiliklarni o‘z boshidan kechiradi.
Valyuta savdosi bilan bog‘liq bazis operatsiyalarni quyida ko‘rib chiqish va ularni to‘g‘ri tushunish uchun ba’zi bir tushunchalarni o‘rganib olishimiz lozim.
Valyuta sifatida banklarning xorijda xorijiy valyutada joylashtirilgan aktivlari hamda xorijda to‘lovi amalga oshiriladigan xorijiy valyutadagi cheklar va veksellar tushuniladi. Bunda gap faqat naqdsiz pullar haqida boradi.
Valyutaning qiymati tovarlar bilan savdodagi singari talab va taklifga bog‘liq bo‘lgan bahoda ifodalanadi. Ma’lum bir miqdordagi valyutaning bahosi boshqa bir valyutaning nisbiy birliklarida belgilanadi (milliy yoki xorijiy). Xorijiy valyutaning bahosi valyuta kursi deb ataladi.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling