Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet1/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
ХВМ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

N.X.JUMAYEV, J.X.ATANIYAZOV, E.D.ALIMARDONOV


XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI

TOSHKENT-2022
N.X.Jumayev, J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonov. Xalqaro valyuta munosabatlari. Darslik. – T.:


Iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.X.Jumaevning umumiy tahriri ostida

Darslikda “Xalqaro valyuta munosabatlari” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.


Ushbu darslikda xalqaro valyuta munosabatlarining mohiyati va asosiy funktsiyalari, jahon valyuta tizimi rivojlanishi, valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar, valyuta operatsiyalari, Markaziy bankning valyuta siyosati, joriy va spot valyuta operatsiyalarining mohiyati, ularning amalga oshirish shakllari, kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, forvard valyuta operatsiyasining mohiyati va uning boshqa operatsiyalardan farqli jihatlari, fyuchers valyuta operatsiyasining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, optsion valyuta shartnomalarining turlari va shakllari, valyutaviy svop operatsiyasining mohiyati hamda asosiy jihatlari, naqd pul (valyuta) o‘tkazmalari tizimi va uning turlari, xalqaro to‘lov kartalari va ulardan foydalanish tartibi, valyuta riskining turlari va ularni boshqarishning asosiy yo’llari, tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish tartibi kabi masalalar yoritilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.


Taqrizchilar: prof. B.Berdiyarov
PhD. A.Raximov


KIRISH

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallashi hamda mamlakatning jahon moliya tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytirishda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinini barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan sanoat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, respublika hududlari va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini kengaytirish, valyuta bozorini liberallashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida xorijiy kapitalni keng jalb etishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi.
“Xalqaro valyuta munosabatlari” fani ixtisoslik fanlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Mazkur darslik oliy ta’limning bakalavriat bosqichida o‘qitiladigan “Xalqaro valyuta munosabatlari” fanining o‘quv dasturiga muvofiq tarzda yozilgan. Darslikdan amaliyotchi-mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar va mazkur sohaga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Darslikning asosiy maqsadi moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro valyuta-kredit munosabatlarida yuzaga keladigan jarayonlarni o‘rganish, hamda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr va taassurotlarni hosil qilish, amaliy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Ushbu darslikda joriy va spot valyuta operatsiyalarining mohiyati, ularning amalga oshirish shakllari, kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, forvard valyuta operatsiyasining mohiyati va uning boshqa operatsiyalardan farqli jihatlari, turlari, fyuchers valyuta operatsiyasining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, optsion valyuta shartnomalarining turlari, shakllari va huquqiy asoslari, valyutaviy svop operatsiyasining mohiyati hamda asosiy jihatlari, naqd pul (valyuta) o‘tkazmalari tizimi va uning turlari, xalqaro to‘lov kartalari va ulardan foydalanish tartibi, xalqaro hisob-kitoblarning akkreditiv, inkasso shakli, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov topshirqnomasi va cheklardan foydalanish, to‘lov balansining mazmuni va tarkibi, to‘lov balansini tartibga solishning asosiy usullari kabi masalalar bayon qilingan.
Ushbu “Xalqaro valyuta munosabatlari” fanini chuqur o‘rganish orqali talabalar mamlakatimizning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi ishtirokini faollashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, valyuta operatsiyalari va xalqaro hisob-kitoblarni samarali tashkil etish, mamlakat to‘lov balansini boshqarish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o‘qitish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni samarali tarzda amalga oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu darslikni yanada takomillashtirish yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uning yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Shu boisdan, bildirilgan


Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling