Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Zolotaya Korona" xalqaro pul o’tkazmalari tizimi orqali pul jo’natish tariflari
- Nazorat savollari
- 15-BOB. XALQARO TO’LOV KARTALARI VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI
- Xalqaro to’lov kartalarining turlari va ishlash mexanizmi
Pul o’tkazmalarini olish uchun:
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat; Bank operatoriga o’tkazma raqamini ma’lum qilish; O’tkazma miqdori va olishga qulay bo’lgan valyutani ma’lum qilish. "Zolotaya Korona" xalqaro pul o’tkazmalari tizimi orqali pul jo’natish tariflari
Nazorat savollari Naqd pul (valyuta) o’tkazmalarining turlari? Naqd pul (valyuta) o’tkazmalari ishtirokchilari? Komission yig’im va amalga oshirish tartibi? Mamlakatimizda milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi qanday belgilanadi? O’zbekistonda valyuta o’tkazmalari qanday tartibga solinadi? 15-BOB. XALQARO TO’LOV KARTALARI VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI Xalqaro to’lov kartalarining turlari va ishlash mexanizmi. Xalqaro to’lov kartalarini ochish va undan foydalanish imkoniyatlari. Xalqaro to’lov kartalarining turlari va ishlash mexanizmi Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga binoan, valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlari joriy qilindi. Unga asosan, eksport salohiyatini oshirishni rag’batlantirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olishi va sotishi hamda o’z mablag’ini xohishiga ko’ra erkin tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bank va O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to’lov tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatishda so’m plastik kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga ayrim o’zgartish va qo’shimchalar kiritdi. Xalqaro to’lov (konversiya) kartalaridan foydalanish keng yo’lga qo’yildi. Ilgari respublikamizda tijorat banklaridan xalqaro (konversion) to’lov kartalariga tushirib olingan xorij valyutasini chet elda naqdlashtirishda komissiya chegirmasi va kunlik limitlar mavjud edi. Bugungi kunda xalqaro (konversion) to’lov kartalaridan faqat xorijiy davlatlarda foydalanish mumkin. Bankomatlardan naqd xorijiy valyuta echib olishda operatsiya summasining 1 foizi miqdorida haq olinadi. Do’kon va mehmonxonalarda, to’lov kartasi qabul qilinadigan barcha joylarda karta orqali to’lovni amalga oshirish mumkin. To’lov kartalari barcha davlatlarda ishlatilishi mumkin, davlatlar bo’yicha cheklov yoki naqd xorijiy valyutani echib olish bo’yicha limit o’rnatilmagan. Shu o’rinda e’tiborga olish zarur, xorijiy banklar o’z bankomatlaridan naqd pullarni echib olish uchun ma’lum bir limit o’rnatish amaliyotidan ham foydalanishi mumkin. Odatda bu limit bitta operatsiyaga nisbatan joriy qilingan bo’lib, operatsiyalar sonining o’zi cheklanmagan bo’ladi. Misol uchun, ba’zi davlatlarda bankomatlardan xorijiy valyutani bir kecha-kunduzda 100 AQSh dollarigacha naqdlashtirish mumkin bo’lsa, ba’zi mamlakatlarda bu chegara 2 ming AQSh dollarigacha, yoki umuman, cheklov bo’lmasligi mumkin. Xalqaro to’lov tizimlari operatorlari (VISA, MasterCard va boshqalar) talablariga ko’ra, banklar tomonidan 35 dan 100 AQSh dollarigacha kamaytirilmas qoldiq (sug’urta depoziti) o’rnatilgan bo’lib, undan mijoz foydalana olmaydi. Ushbu sug’urta depoziti mablag’lar ortiqcha sarflanganida bank tomonidan ishlatiladi. Mablag’larning ortiqcha ishlatilishi kurslarning o’zgarishi yoki xorijiy bank tomonidan to’lov kartasi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirishda o’rnatilgan komissiyadan hosil bo’lishi mumkin. Ushbu qoldiq pul plastik karta yopilganidan so’nggina mijozga qaytariladi. Qayd etish joiz, kartadagi valyuta mablag’laridan xorijda o’qish yoki davolanish uchun talab etiladigan hujjatlar (invoyslar) taqdim etilganida bevosita O’zbekistondagi bankdan turib to’lovni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Respublika hududida esa xalqaro (konversion) to’lov kartasidagi mablag’lar joriy ayirboshlash kursi bo’yicha faqat milliy valyutada echib olinadi. Xalqaro plastik karta – bu, mohiyatan, ko’pchilik foydalanadigan o’sha karta, faqat unda muayyan chet el valyutasiga o’tkazilgan pullar saqlanadi. U xaridlar, otelda, restoranlarda, kafeda hisob uchun to’lovni amalga oshirish hamda chet elda bankomatlardan pullarni echib olish uchun mo’ljallangan. O’zbekistonda faqat debit karta ochish mumkin, ya’ni undan foydalanish uchun dastlab foydalanish rejalashtirilayotgan mablag’larni bank hisobvarag’iga kiritish zarur. Plastik kartalarni ishlatishning qulayliklari: Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling