Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Komp’yutero’yinlariorqalita’limberish
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Komp’yutero’yinlariorqalita’limberish
Farazqilamiz – o’quvchiuyigakeladivasmartfoniniochib, undagiFoursquareo’yininiochadivaundao’ynayboshlaydi. Birozvaqtdanso’nguqandaydirnatijalargaerishib, tegishliochkovamedaloladi. Bungaqiziqqanholdauo’zo’yininiyanadavomettiradivadiqqatqiling: ubuvaqtdao’yinlarorqaliberiladiganbilimlarniegallashimkoniyatigaegabo’ladi. Ya’niuqiziqishbilan, o’ynabturibbilimolishimkoniyatigaegabo’ladi. Shungao’xshasho’yinmexanikasidano’yinbo’lmaganholatlardahamfoydalanishjara yonigeymifikatsiyadebnomlanganvabuatamabirnechayillardanbuyonjahondagiko’p chilikbiznesjamoalardaishlatiladi. Djeyin Makgonald o’zining «Reality Is Broken: Why Games Make us Better and How they Can Change the World – Nega o’yinlar bizni yaxshiroq qila oladi va ular qanday qilib dunyoni o’zgartira oladi?»deb nomlangan kitobida yaqin yillarda geymifikatsiya bozorining kattaligi 25-30 milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan. Bunga ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o’yinlarga nazar solish kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlashlar keng yo’lga qo’yilgan. Zynga kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar pul ishlab olganini eslatish kifoya. Geymifikatsiya tarafdorlari o’yin elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal ravishda amalga oshirish uchun ko’p zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli, geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari va internet yordamida boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Misol sifatida dasturlash asoslarini o’rganish bo’yicha interaktiv kurslarni o’z ichiga qamrab olgan Codeacademyni ko’rsatishimiz mumkin. Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga bo’lingan bo’lib, o’quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o’quv materiali uning yodida qolishiga va yaxhsi o’zlashtirilishiga olib keladi. Ushbu sayt 2012 yilda ishga tushirilib, yil oxirida unda 500 mingdan ortiq inson qayd etilgan edi. Ularning taxminan chorak qismi kurslarning oxirigacha bora oldi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling