Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Google.doc”, “Kalendar – Google calendar
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Google.doc”, “Kalendar – Google calendar” va Google presenter kabi
xizmatlarga o‘xshash ko‘plab bulutli xizmatlardan foydalanish juda qulay va ayni vaktda bo’ldi. Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz rivojlanib va muvaffaqiyatlarga erishib borayotganligining sababi juda oddiy: ularni qo‘llash turli-tuman antiqa imkoniyatlarga ega hamda infratuzilma tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish va tashkilot xodimlarga sarflanadigan bir qancha xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi dasturiy-texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin. Bunday masala va muammolarning deyarli barchasi xizmat ko’rsatuvchi provayder zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva korxona kompyuterlarida turli operatsion tizimlar (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni qandaydir ma’noda standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli texnologiyalar kompaniyaning umumiy ma’lumotlariga kirishni va undan foydalanishni tashkilot ofisidan tashqarida yurgan, ammo Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodimlar va mijozlar uchun xam birdek oson ta’minlab beradi. Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bulutli texnologiyalar bir qator juz’iy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi global tashkilotga to‘liq bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatlar yaratilishi tamoyiliga ko‘ra, korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderning qanday ish olib borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded kompaniyasi bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud bulgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab - birgina bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi. Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling