Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bulutdagi bazaviy ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, informatsion xizmatlarning sifati bo’yicha barcha
mas’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz esa foydalanayotgan dasturiy-texnik va
informatsion resurslar uchun ulardan foydalanishiga
bogliq ravishda qandaydir
miqdorda haq to‘laydi. Foydalanuvchilarga boshqa bu xildagi elektron platformali
yechimlarda erishish mumkin bo‘lmagan va katta ko‘lamli kengayuvchanlik
imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-saytdan
foydalanish imkoniyatlari
tushunarli tarzda va imkon qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday bulutli
platformalarda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchilarga
Amazon YEC2, Amazon
Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft
Office Web kabi onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash
joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi bulutli tizimni past va cheklangan darajada
nazorat qilganligi tufayli, qat’iy xavfsizlik choralarini va me’yoriy talablarga mos
kelishlikni ta’minlab bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: