Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

5.Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin. Bir tomondan, xususiy 
bulut keng ko‘lamli, samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va 
salohiyatli xamda xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda bir qancha afzalliklarga 
ega. Ikkinchi tomondan, elektron biznesning asosiy talablaridan biri bo‘lgan 
xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya etishni nazorat qilish 
darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
va texnologiyalar milliy institutining (NIST - National Institute of Standards and 
Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud Computingnomli hujjatida 
informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service).
keng yo‘lakli kirish imkoniyati(Broad network access).
resurslarni birlashtirish (Resorce pooling).
tezkor elastic holat (Rapid elasticity).
- o‘lchovli servis (Measured service).
Hozirgi kunda bulutli exnologiya xizmat ko‘rsatishlarini ba’zida bulut qatlamlari 
deb ham ataladigan uchta asosiy modelga ajratish qabul qilingan. Bu uchta qatlam 
bulutli 
texnologiyalar 
tuzilishinigina 
emas, 
balki 
butunlay 
axborot 
texnologiyalarini aks ettiradi. Quyida ushbu uchta modelni batafsilroq kurib 
chikamiz. 
1. Infratuzilma sifatidagi xizmat (Infrastructure as a Service IaaS
buyurtmachilarga xizmatlar sifatida taqdim etiladigan serverlar, tarmoq uskunalari 
va saqlash qurilmalariga o‘xshash moddiy resurslar majmuidan iborat. Infratuzilma 
xizmatlari zaruriyatga ko‘ra, hisoblash quvvatini taqdim etgan holda, 
ma’lumotlarga ishlov berish markazini to‘g‘ri va samarali jihozlash masalalarini 
hal qiladi.
Afzalliklari. Texnik ta’minotga kapital qo‘yilmalarni qisqartiradi. Odatda, bu 
modelda virtuallashtirish usullari qo‘llanganligi sababli, resurslardan yanada 
samarali foydalanish orqali tejamkorlikka erishish mumkin. Sarmoyalarni 
yo‘qotish riski va joriy etish muddatining kamayishi, avtomat tarzda 
masshtablanuvchanlik xam afzalliklar sirasiga kiradi.
Kamchiliklari. Biznes-samaradorligi va mehnat unumdorligi bulutli xizmatlarni 
yetkazib beruvchining imkoniyatlariga bog‘liq. Uzoq muddat salohiyatli xarajatlar 
talab qilish ehtimoli xam mavjud. Markazlashtirish ham xavfsizlik choralariga 
yangicha yondashuvlarni talab etadi. IBM SmartCloud Enterprise, VMWare, 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling