Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Big Data
- Deloitte Consulting
IoT Security Foundation ishlab chiqaruvchilardan mustaqil bolgan halqaro
tashkilot bo’lib, u bilimlar, ilg’or tajribalar va takliflar bilan almashinish masalalari bilan shug’ullanadi. Unda bir qancha ma’lumotnomalar bo’lib, ularning biri “IoT ning havfsizligini ta’minlash asoslari” deb nomlanadi. Ularning fikricha, IoT internet evolyutsiyasidagi yangi bosqich hisoblanadi. Shu texnologiya tufayli mahsulot va hizmatlarning narxlari ancha kamaydi va natijada bozorga yangi turdagi tovarlar kirib keldi. Buyumlar internet yangi mobil qurilmalar, gadjetlar, uskunalar, jarayonlarga ulangan datchiklar va intellectual o’yinchoqlar tufayli borgan sari kengayib bormoqda. Shuning uchun agarda kerakli va yetarli himoya vositalari bo’lmasa, ko’ngilochar internet (internet of treats) osonlik bilan tahdidlar interneti (internet of threats) ga aylanib qolishi mumkin. Katta ma’lumotlar (Big Data), analitika (Analitics), buyumlar internet (IoT), virutl voqe’lik (VR), sun’iy intellect (AI), qo’shimcha reallik (AR) va mashinaviy o’qitish dunyo miqyosida keng tarqalib, ko’pchilik tashkilotlar undan o’z faoliyatlarida ishlatayaptilar. Bu texnologiyalarni qo’llamaganlar yoki juda bo’lmaganda ular bilan tanoshib chiqmaganlar raqobatbardoshlilikni yo’qotib qo’yishlari mumkin. Deloitte Consulting kompaniyasi 2019 yil trendlari (Tech Trends 2019: Beyond the Digital Frontier) deb nomlangan hisobotida jamiyatda katta o’zgarishlarga olib keladigan innovatsion texnologiyalar rivojlanishining quyidagi olti tendentsiyalari haqida aytib o’tgan. 1. Korxona va tashkilotlar sun’iy intellektdan foydalanishning yangidan-yangi usul va vositalaridan foydalanadilar; 2. Avtomatizatsiya joriy operatsiyalarni bevosita boshqarishdan halos qiladi (NoOps); Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 3. Tarmoqlarda raqamli periferiya paydo bo’ladi va ular tarmoqqa sensorlarni va aqlli qurilmalarni ulashga imkon yaratadilar. Bu esa virtual reallik hamda avtomatlashtirish uchun juda muhim hisoblanadi; 4. Sotuvchilar mahsus qurilma va uskunalar vositasida insonlarning “miyasiga kirib” uning ehtiyojlarini aniqlaydilar (mashinaviy o’qitish, IoT, robototexnika, kontekstni bilish tizimlar, virtual va qo’shimcha voqe’lik yordamida) va shuning asosida real vaqtda reklamalarni uyushtiradilar; 5. IT va marketing bo’limlarining rahbarlari o’z funktsiyalarining bir qismini komp’yuterlarga topshirishlari asosida birgalikda ishlashlari jarayoni amalga oshadi; 6. DevSecOps modeli amalga kira boshlaydi. Bu model ma’lumotlar himoyasiga alohida innovatsion yondoshni qo’llaydi. Ochiq raqobat muhitida havfsizlik ko’rsatgichlari biznesning talablari bilan moslashtiriladi va masala hamda muammolarni hal qilinishi ham shunga mos ravishda amalga oshiriladi.. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling