Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Smart soatlar, valyuta almashinuv servislari, bitkoin va blokcheynlar


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Smart soatlar, valyuta almashinuv servislari, bitkoin va blokcheynlar 
Endi Fintexning eng muhim uskunalari bilan tanishib chiqamiz. Valyuta 
bozorida WeSwap deb nomlangan servis yaqin yillarda paydo bo’lganiga 
qaramay, u an’anaviy valyuta bozorida ham faol ishlatilina boshladi. WeSwap 
servisi turli mamlakatlardagi foydalanuvchlarga o’zaro muloqot qilish va 
an’anaviy onlayn almashtiruv puktlridan ko’ra foydaliroq kursda valyuta 
almashtirish uchun imkoniyat yaratadi, chunki bu tizimda hech qanday komission 
to’lovlar mavjud emas. Bu servis MasterCard tizimi tomonidan quvvatlanib 
turiladi va uning ommaviyligi exponent bo’yicha o’sishi kutilmoqda. Aqlli soatlar 
ham asta-sekin inson kundalik faoliyatiga kirib kelmoqda, ammo uning paydo 
bo’lishi bank sohasida ham inqilob ro’y berishiga olib kelishi kutilmoqda. 
Masalan, Apple Watch uning egasi bank xisobi balansini tekshirishga, 
tranzaktsiyalar tarixini kuzatishga va bankning eng yaqin filialini topishga imkon 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
beradi. Mobil to’lov tizimlarining rivojlanishi bilan bunday soatlarning funktsional 
imkoniyatlari ham tobora osha boradi. Yana bir Spendific deb nomlangan mibil 
ilova foydalanuvchining bank hisob raqamiga ulanib, barcha sarf-harajatlarni 
analiz qiladi va shundan so’ng, qancha pulni sarf qilish mumkinligini chamalab 
beradi. Ilova real vaqt rejimida to’lovlarni hisobga olgan holda yangilanib turadi. 
MoneyHub deb nomlangan ilova esa yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega 
bo’lgan holda, uy yoki mashina sotib olish uchun pul yig’ish yoki pensiya 
jamg’armasi qilish kabi uzoq muddati rejalashtirish amallarini ham bajara oladi. 
Dastur turli hildagi stsenariylarni hisobab chiqadi va ular foydalanuvchining 
moliyaviy holatida qanday ta’siq qilishini tahlil qiladi. Ko’pchilik fintex-
provayderlar hozirgi kunda internetni o’z servislarini rivojlantirish uchun maqsadli 
platforma sifatida ishlatadilar. Zamonaviy iste’molchilarni smart soatlar, eng ilg’or 
moliyaviy texnologiyalar va mobil to’lovlarning kengaytirilgan imkoniyatlari 
o’ziga jalb qiladi. Uzoq muddat davomida ko’pchilik tomonidan tan olinmaganiga 
qaramay, kriptovlyutalar ham asta-sekin kelajak valyutasi sifatida bir qancha 
mamlakatlarda tan olinayapti. Masalan, Evrova, AQSH, Xitoy, Yaponiya kabi 
davlatlarda bitkoin barter operatsiyalarida faol qo’llanilaypti. Ammo uning yanada 
rivojlanishiga administrativ-xuquqiy bazaning yo’qligi va bir qancha administrativ 
to’siqlar borligi imkon bermayapti. Nazariy jihatda bitkoin yoki qandaydir boshqa 
kriptovalyuta universal valyuta bo’lib qolishi mumkin, ammo ko\pchilik 
davlatlarning ichki qoidalari va siyosati hozircha bunga yo’l bermayapti. Yana bir 
moliyaviy texnologiya turi kriptovalyutalarning asosi bo’lgan blokcheyn deb 
nomlanadi. Bu bilan bog’liq masalalar risolamizning alohida bo’limlarida batafsil 
ko’rib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, biz bank sektorining keng ko’lamli raqamli 
transformatsiyasi davrida yashayapmiz. Ehtimol, yaqin o’n yillarda bank tizimi 
oxirgi yuz yillardagiga nisbatan kattaroq miqyosda o’zgarishi mumkin. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling