Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Disruption Index
- Raqamli banking
Raqamli banking bank va uning mijozlari muloqotining yangi rivojlanish
bosqichi bolib, u moliyaviy hizmatlar sektoridagi innovatsiyalarni hamda bu sohadagi raqamli, information va texnologik strategiyalarni o’z ichiga qamrab oladi. Bu haqda ilk bora Microsoft Money deb nomlangan internet banking texnologiyasi yaratilgan paytda gapirilgan edi. Digital Bank Report doirasida o’tkazilgan ilmiy izlanishlar doirasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, jahon miqyosidagi 70% moliyaviy muassasalar raqamli bankingni o’zlarining strategik prioritetlaridan biri deb hisoblaganlar. Raqamli banking bo’yicha zamonaviy ishlanmalarni tahlil qilgan holda bu sohadagi eng asosiy yo’nalishlarni ko’rsatishimiz mumkin: Pul mablag’larini yuvish (legallashtirsh) ning oldini olishga mo’lajallangan jarayonlarni avtomatlashtirsh; Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Administrativ masalalarni hal qilishda chat-botlardan foydalanish; Virtual xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan amallarning havfsizlik qoidalariga rioya qilinishini boshqarish; Bankomatlarga o’rnatilgan komp’yuterlashgan ko’rish tizimlaridan foydalanish; Mijozning ishonchliligi reytingini avtomatik ravishda aniqlash texnologiyasini tadbiq qilish. Bank hizmatlari inson raqamli hayotining deyarli barcha sohalarida ham mavjud. Bu sohalarga misol qilib, mobil qurilmalarni, ijtimoiy saytlarni, elektron to’lovlarni va pul o’tkazmalarini, internet-narsalarni, pul depozitlarini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Hozirgi davrda bank va mijozning o’zaro muloqoti butunlay yangi – interaktiv tusga kirib, raqamli fikrlash tushunchasi ham paydo bo’ldi. The Millenial Disruption Index ning ma’ruzasida ham bu holat tasdiqlanadi: 68% respondentlar besh yildan so’ng pullar bilan ishlash butunlay boshqacha bo’lishiga ishonadilar; 33% respondentlar besh yil davomida ularga bankka boorish kerak bo’lamydi deb hisoblaydilar; 70% respondentlar esa besh yildan so’ng mahsulot va hizmatlarga bo’lgan to’lov usuli to’liq o’zgaradi deb ishonadilar; Salkam 50% respondentlar ,anklarning ishlash prinstipi tubdan o’zgaradi deb hisoblaydilar. Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda raqamli bankingning quyidagi aniqlanuvini keltirishimiz mumkin. Raqamli banking – dasturiy ta’minotlar to’plami bo’lib, u foydalanuvchilar uchun qulay interfeys ta’minlab beradi va barchaga bank hizmatlari va mahsulotlaridan on-layn rejimida foydalanishga imkon beradi. BBC firmasining masofaviy bank hizmatlarini ta’minlab beruvchi avtomatlashtirilgan tizimi Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling