Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Veb-mani 
(WebMoney) 
va 
Kivi-hamyonni 
(Qiwi)keltirishimiz 
mumkin.Ko‘pchilik 
virtualvalyutalar, 
kriptovalyutalar 
vablokcheynatamalarini adashtirib yuboradiva ularnisinonim sifatida qo‘llaydi, 
lekin 
bu 
faqat 
birinchi 
–bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki
blokcheyntexnologiyasimaxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilganva ma’lum vaqt 
davomidaboshqa hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holatbunday 
emas.Blokcheyntexnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni 
emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, 
balki davlat reestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat 
sektorida blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab 
tarqalib bormoqda. AQSHda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator 
tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk 
Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan 
foydalanishni tanlagan.Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar 
yaratish bilan taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga
ulardan olinadigan ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan 
hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida 
mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd 
dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi 
bilan, 
demak, 
tijorat 
sektorinnig 
rivojlanishi 
bilan 
birga 
kuzatiladi.Blokcheyntexnologiyasitobora 
ko‘proq 
quyidagi 
sohalarda 
qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar ovozini hisoblash, tashabbus 
kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta, reklama, stavkalar va boshqa bir 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin.Foydalaniladigan texnologiyalar 
vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyntexnologiyasining 
boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini sanab o‘tamiz: 
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar 
tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda 
saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib 
qo‘yadi; 
har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib 
chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; 
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki 
g‘ayriqonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi. 
Blokcheyntexnologiyasining sanab o‘tilgan xususiyatlarikriptovalyutalarning 
asosiy xususiyati–ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni: 
1. qalbakilashtirish imkonsizligi; 
2. o‘g‘irlash imkonsizligi. 
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi; 
4. ochiq dasturiykod mavjudligi; 
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari); 
6. transchegaraviylik mavjudligi. 
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish 
qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi. 
Bitkoin (yoki boshqa har qanday kriptovalyuta) qiymati maxsus birjalarda 
(kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida)bozor talab va taklifi asosida 
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy 
ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, 
valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy 
vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va 
to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati 
asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy 
tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
kutadgan natijalar bilan belgilanadi. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling