Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Statista ning ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilda elektron tijoratning B2B


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Statista ning ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilda elektron tijoratning B2B 
sektorida tranzaktsiyalarning umumiy miqdori $7,66 trillionga yetdi va uning 
hajmi B2C sektorga nisbatan ($2,143 trillion) uch martadan ko’proq ortdi. 
So’rovlar natijasida B2B internet savdosida konversiyaning o’rtacha koeffitsienti 
10% bo’lsa, B2C-sektorda bu ko’rsatgich 3% lar atrofida ekanligi aniqlangan. Bir 
martagina Amazon da haridni amalga oshirgan tadbirkorlar uning juda qulayligiga 
qoyil qolib, o’zlarining bizneslarida ham bunday usullarni qo’llashni istab 
qoladilar. Natijada tadbirkorlar endi haridlarni sotuv bo’limining mas’ul hodimidan 
emas, balki web-sayt orqali amaliga oshirishni istab qoladilar. Masalan, Laird 
Superfood kompaniyasi internet-kanal orqali ko’tara tovar yetkazib berishga o’tib, 
sotuv hajmini 550% ga oshirishga erishdi. Kompaniyalararo raqobat kuchayishi 
hamda inqiroz natijasida ko’pchilik firmalar mijozlarga hizmat ko’rsatish bilan 
bog’liq bo’lgan harajatlarni kamaytirishga intilib, internet vositasida jarayonlarni 
avtomatlashtirish orqali bozordan dilerlarni, subdilerlarni va boshqa hamkorlarni 
yo’qolish taraddudidalar. Yaqin yillarda B2B-loyihalarning rivojlanishi ancha 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
tezlanishi kutilmoqda. Ammo buni sekinlanshtiradigan faktorlardan biri – 
talabgorlarning va bunday tizimlarni ishlab chiqaruvchilarning bilim va tajribalari 
yetarli emasligidar. Ayniqsa, ishlab chiqarish sohasi raqamlashtirish jarayonlarini 
amalga 
oshirish 
bo’yicha 
eng 
oxirgi 
o’rinlardan 
birini 
egallaydi 
(http://prntscr.com/ibl086).  
Forrester Research tashkiloti ekspertlari fikriga ko’ra, 2020 yilga kelib, 
B2B segmentida bir milliondan ortiq sotuvchilar o’z ish joylarini yo’qotadilar. Bu 
esa mavjud mijozlar uchun shaxsiy kabinet yoki ko’tara platformalarni ishga 
tushirush kerakligini anglatadi. Ko’pchilik ko’tarachilar o’z faoliyatlariga onlayn 
kanallarni tadbiq qilishga tayyorlar, chunki bu haqda internetda ma’lumot 
o’qiganlar yoki raqobatchilar shunday qilayotganlarini ko’rganlar. Lekin onlayn 
kanal biznesning ma’lum darajada shaffofligini, ya’ni, narxlash va logistikaning 
tushunarli bo’lishini talab qiladi. Shubhasiz, kichik B2C internet-magazinlar 
regional rivojlanish bo’yicha katta kompaniyalarga tenglasha boshlaydilar. Ammo 
bunda o’rta va kichik kompaniyalar professional yetishmovchilikka duchor 
bo’ladilar, chunki ular uchun boshqa xududlarda ish olib borish katta muammoga 
aylana boshlaydi. Elektron tijorat rivojlanishi bilan birga bu sohada mustaqil 
ekspertlar, mutaxassislar, freelancerlar, biznes-blogerlar va boshqa bir qancha 
turdagi xizmat ko’rsatuvchilar ham ko’paya boradi. Rossiya ishlab chiqaruvchilari 
uchun 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling