Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Google Trends da qidiruv qilib ko’rsangiz, bunga ishonch hosil qilishingiz 
mumkin. Tijorat jarayonlarini to’liq avtomatlashtirish muammosini Shopify Plus 
ning uchta imkoniyati ma’lum darajada hal qilib bera oladi. Birinchi imkoniyat uch 
bosqichli vizual konstruktor Shopify Flow bo’lib, u saytlardagi yoki ilovalardagi 
mijozlar bilan har qanday turdagi muloqotni avtomatlashtirishga imkon beradi. 
Shartlar, harakatlar va triggerlarni moslab turgan xolda tayyor ishchi 
jarayonlarning 
modullaridan 
foydalanib, 
siz 
o’zingizning 
mustaqil 
jarayonlaringizni yaratishingiz mumkin. Ikkinchi imkoniyat Launchpad bo’lib, u 
katta miqyosdagi tijorat tadbirlarining boshqaruv markazidir. Bunga misol sifatida 
quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: flesh-sotuv tadbirlari, yangi mahsulotlar 
chiqarish va mahsus tantanali tadbirlar o’tkazish. Bu bilan bog’liq bo’lgan ishlarni 
tadbirlar o’tkazilishidan ancha avval rejalashtirib qo’yib, sarf-harajatlarni ham 
foydaga uncha ta’sir qilmaydigan qilib aniq hisoblab qo’yish mumkin. Uchinchi 
imkoniyat Shopify Scripts esa har bir mijozga individual yondoshishni 
ta’minlovchi avtomatik ravishda chegirmalar qo’shish, turli to’lov usullaridan 
foydalanish va yetkazib berishning turli xil variantlaridan foydalanishga imkon 
beradi. Skriptlarxaridorning ko’rzinasini aniq nazorat qilishni nazarda tutadi va pul 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
o’tkazmasi vaqtida optimizatsiya qilishga imkon yaratadi. Ushbu uchta funktsiya 
birgalikda nafaqat vaqtni tejashga imkon beradi, balki jarayonni oddiy va 
tushunarli qilib ham beradi. Compo kompaniyasining B2B loyiha rahbarlarining 
aytishlaricha, elektron tijoratni to’liq avtomatlashtirish yetkazib beruvchi 
kompaniya bo’limlarining o’zaroaloqalariniavtomatizatsiyasini ham, zakazchik 
bilan munosabatlarning avtomatizatsiyasini ham o’ziga qamrab oladi. Biznes-
jarayonlar konstruktori Shopify Flow ham diqqatga sazovor, chunki u mavjud 
vositalar yordamida onlayn zakazlarni qayta ishlashga imkon beradi. Misol sifatida 
ko’tara eCommerce ning B2B-avtomatizatsiyasini keltirishimiz mumkin. Bunda 
ko’tara internet magazinlarning tarmog’i ishlab ketishi ucnun yetkazib 
beruvchilarning turli xildagi 200 dan ko’proq prays-listlarni sinxronizatsiya 
qilishga hamda 20 mingdan ko’proq tovarlarni yagona bazaga joylashtirishga 
to’g’ri kelgan (https://rb.ru/opinion/20-tysyach-tovarov-odin-servis). Shundan 
so’nggina tizimni 1C dasturi bilan ham sinxronizatsiya qilish mumkin bo’lgan. Ish 
jarayoni shunday tashkil qilinmaganda tub ma’nodagi internet-savdoni amalga 
oshirib bolmaydi. Tizim tashkil qilinganidan so’ng, yetkazib beruvchilr bilan 
ishlaydigan 12 nafar menejerlar o’rniga baza bilan ishlaydigan birgina mutaxassis 
qolgan, xolos. Bundan tashqari, tizimda narxlarning avtomatik monitoringi amalga 
oshadi, tovarlar bor-yo’qligi haqida operativ ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi va 
ushbu yagona bazaning boshqa internet-magazinlarga ham tarqalishi amalga 
oshadi. Bizning bozorda elektron maneken deb nomlanadigan Mercaux servisi 
ko’p ishlatilmaydi, ammo uni Benetton, Loriblue va Kiko Milano kompaniyalari 
o’z brendlarini oflayn va onlayn sotishda faol tarzda ishlatadilar. Mobil ilova 
borligi tufayli oflayn magazinlarning sotuvchilari, dizaynerlari, modellar uylari va 
feshn-nashrlar istalgan paytda assortiment haqidagi, konkret tovarning omborda 
bor-yo’qligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo’ladilar. Servis orqali 
foydalanuvchilar turli magazinlardan eng modali tovarlarni ko’rishlari va sotib 
olishlari mumkin.
Internet magazinlarni to’laqonli avtomatlashtirish uchun maksimal sondagi 
ma’lumotlardan foydalanish kerak, shu jumladan, haridlar tarixi, mijozlarning 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
magazinlarga tashrifi va ular qancha vaqt bo’lgani, nimalarni chamalab ko’rgani, 
qaysi polkalar oldida ko’proq turib qolgani, internetdagi faolligi, layklari, 
repostlari, fotolari, qiziqishlari, yoshi, jinsi, qayerda ko’proq bo’lishligi - uydami 
yoki ishxonada hamda daromadi. Yuqori darajada moslashuvchan IT-
infratuzilmasisiz bu ishlarni amalga oshirish ancha qiyin bo’ladi. Bunda bir qancha 
uskunalardan foydalanish talab etiladi, shu jumladan, wi-fi-analitika, ibeacon, 
chakana savdo punktida mijozning chexrasini tanigan xolda uning barcha 
harakatlarini tanib olish va fiksatsiya qilish, onlaynning barcha imkoniyalaridan 
foydalangan xolda ishlay oladigan mobil kassa, magazinlarning reklama 
imkoniyalaridan foydalana olish, talabni bashorat qilish maqsadida sun’iy 
intellektdan foydalna olish va boshqalar. Internet savdo maydonlaridan foydalanish 
tufayli, iste’molchilar tovarlar va xizmatlar harid qilish uchun oldin orzu ham qilib 
bo’lmaydigan 
imkoniyatlarga 
ega 
bo’ladilar. 
Masalan, 
smartfondan 
foydalanishning o’zigina hisobsiz va unikal savdo takliflari bilan tanishishga 
yordam beradi. Web-saytlar, mobil ilovalar, ijtimoiy saytlardan to radio, 
televidenie hamda qog’oz kitoblargacha bo’lgan turli-tuman marketing kanallari 
elektron savdoga o’zlarining bir aniq auditoriyasini va mijozlarini jalb qiladilar. 
Shuning uchun ham, turli ommaviy axborot vositalaridagi turli kompaniyalar 
barcha iste’molchilar bilan samarador muloqot qilish uchun birgalikda ishlashlari 
kerak bo’ladi. RJMetrics ning izlanishlari shuni ko’ratdiki, o’z rivojlanishiga faol 
investitsiya qiluvchi elektron tijorat kompaniyalari o’z yangi mijozlarini oddiy 
kompaniyalarga nizbatan 3,5 barobar tezroq topadilar. Lekin kelajak mul’tikanal 
turidagi elektron savdoda ekanligi ko’pchilik uchun katta sir emas. Javelin 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling