Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

ModCloth internet magazinining ma’lumot tarqatish jarayonini ko’rishimiz 
mumkin. Unda fodalanuvchiga jo’natilgan maktubda mijozga uning zakazi 
bajarilishning qaysi bosqichida turganini ma’lum qilishdan tashqari, kompaniya 
tomonidan qanday qiziqarli aktsiyalar o’tkazilayotgani, content va yangiliklar 
haqida ma’lumotlar jo’natiladi. Mijozlar diqatini qaratish uchun hech 
qandayimkoniyat nazardan qochirilmasligi kerak, chunki mijozlar individual 
tranzaktsion ma’lumotlarga ommaviy ma’lumotlardan ko’ra ko’proq ahamiyat 
beradilar. Bu tushunarli albatta, chunki ular saytga kiruvchining harakatlari natijasi 
bo’lgani uchun ham ularda ko’proq ishonch uyg’otadi. Statistik izlanuvlarga ko’ra, 
bu turdagi ma’lumotnomalarni chiroyli qilib yozish va uni taqdim qilish ommaviy 
tijoriy ma’lumot jo’natishlardan ko’ra 3-5 barobar ko’proq foyda keltirar ekan. 
Lekin hozirgi davrda bizdagi kompaniyalar bunday marketing yondoshuvini 
unchalik ko’p ishlatmaydilar.
Endi elektron tijoratda iste’molchi bilan muloqotda katta ahamiyatga ega 
bo’lgan kontent haqida ham biroz to’xtalib o’tamiz. Marketing strategiyasi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
sifatidagi kontent iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib, investitsiyalar rentabelligiga 
samarali ta’sir qiladi. Xuddi shuning uchun ham, marketing bo’limlarining 
ko’pchilik rahbarlari foydalanuvchilar kontentini kelajak rivojlanish garovi deb 
biladilar. Kontentlarga asoslangan brendlar har bir yangi mijozni jalb qilishda $14 
dollargacha iqtisod qiladilar. Blogni ishga tushirish yoki katalog yaratish uchun 
minimal miqdordagi resurslar talab qilinadi. Ammo bunda yondoshuvingizning 
strategiyasini diqqat bilan ishlab chiqishingiz kerak bo’ladi, shu jumladan, 
foydalanuvchilarning diqqat-e’tibori istalgan paytda o’zgarib qolishini, har bir 
auditoriyaning o’z yuqori standartlari borligini, ularning xoxish-istaklarini, 
nimalarni ko’rishni yoki nimalarni eshitishni istayotganlarini va xakozolarni 
hisobga olgan xolda. Agarda to’g’ri strategiyani tanlay olsangiz, muvaffaqiyatga 
erishdim deyavering. Demand Metric ning ma’lumotlariga ko’ra, qiziqarli content 
insonlarning ijtimoiy saytlardagi sahifalarga a’zo bo’lishlariga asosiy sabablardan 
biri ekan. Gartner kompaniyasining marketing izlanishlaridan ma'lum bo'ladiki, 
64% iste’molchilarning brend tanlashida haridning ijobiy tajribasi mahsulotning 
bahosidan ko’ra muhimroqdir. HubSpot marketing servisining ma'lumotlariga 
ko'ra esa, bloglarga asosiy e’tibor qaratgan marketologlar boshqalarga nisbatan 
investitsiyalarning 13 marta ko’proq ijobiy rentabelligiga erishadilar. Kontent 
yaxshi bo’lsa, saytning konversiyasini ikki barobar oshirish mumkin ekan. Sotuv 
hajmini o’shirsh va haridorlarni jalb qilish uchunqanday strategiadan foydalanish 
mumkin? Buning uchun, masalan, tovarlar yoki xizmatlaringizni ishlatish 
bo’yicha tushuntiruvchi videoroliklar tayyorlashingiz mumkin. Bunga juda yaxshi 
misollar sifatida Luxy Hair’s va Reshoevn8r internet-magazinlarining video-
kontentlarini kelrtirish mumkin. Yana bir maslahat - foydalanuvchilar tomonidan 
yaratilgan kontentlarni saqlash, yig’ish va ularni iste’molchilar fikri sifatida 
ko’rsatishdir (taqrizlar). Masalan, Pura Vida Bracelets internet-magazini o’zining 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling